Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Xodimning ish haqi to’lab berildi


Xodimning  ish haqi to’lab berildi

To’rtko’l tumani adliya bo’limiga fuqaro B.А. 2023-yil oktyabr va noyabr oylarida To’rtko’l tuman Irrigatsiya bo’limi maxsus xizmatida ishlagan davri uchun oylik ish haqi toʼlab berilmaganligi haqida murojaat qilgan.
Mazkur murojaat joyning oʼziga chiqib o’rganilganida, haqiqatdan ham B.А.ga To’rtko’l tuman Irrigatsiya bo’limning maxsus xizmatida ishlagan davrida 2023-yil oktyabr va noyabr oylarida to’lanishi lozim bo’lgan 1 769 880 soʼmdan, noyabr oyi uchun 1 896 300 soʼm jami 3 666 180 so’m miqdorida ish haqi shu kunga qadar to’lab berilmaganligi aniqlandi.
Vaholanki, Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 253-moddaga ko’ra, xodimlarga ish haqi to’lash muddatlari jamoa shartnomasida yoki ichki hujjatda, ular mavjud boʼlmaganda esa mehnat shartnomasida shart qilib ko`rsatilgan muddatlarda belgilanadi va har yarim oyda bir martadan kam boʼlishi mumkin emasligi belgilangan.
Shuningdek, xodimlarga oylik ish haqi, qoida tariqasida, oʼn olti kundan ko`p bo`lmagan tanaffus bilan ikki qismga boʼlingan holda (boʼnakda va qolgan qismi miqdorida) toʼlanadi deb koʼrsatilgan
Yuqoridagilarga koʼra, tuman adliya bo’limi tomonidan tuman Irrigatsiya bo`limiga xodim B.А. ga 2023-yil oktyabr va noyabr oylarida to`lanishi lozim bo`lgan 1 769 880 soʼmdan, noyabr oyi uchun 1 896 300 soʼm jami 3 666 180 so’m miqdorida ish haqi to’lab berish choralarini koʼrish to’gʼrisida taqdimnoma kiritililib xodimning ish haqqi to’lab berilishi taʼminlandi va xodimning huquqlari tiklandi.
Bekpulat Аvazmetov,
To’rtko`l tuman adliya boʼlimi
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi boshlig’i,
2-darajali adliya maslahatchisi