Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

To`rtko`l tumani FHDY bo`limi 2023 yil davomida amalga oshirgan ishlar yuzasidan:


To`rtko`l tumani FHDY bo`limi 2023 yil davomida amalga oshirgan ishlar yuzasidan:

1.Tug`ilishni qayd etish yuzasidan.
2023 yil davomida tuman FHDY bo`limi tomonidan 5015 ta tug`ilish qayd etilgan bo`lib, shundan 2549 ta o`gil bolalar, 2466 tasi qiz bolalarni tashkil qiladi.
    Shuningdek, tug`ilishni muddatni o`tkazib qayd etish holatlari 31 ta, topib olingan (tashlab ketilgan) bolalar tug`ilishini qayd qilish 4  ta, o`lik tug`ilgan 47 ta, perinatal o`lim holatlari 15 ta, yolg`iz onadan tug`ilganlar 155 tani tashkil qiladi.
2.Nikohni qayd etish yuzasidan.
    Tuman FHDY bo`limi tomonidan 2023 yil mobaynida jami  1830 ta nikoh qayd etilgan bo`lib, shundan 3 tasi MDH davlatlari fuqarolari bilan, 4 tasi fuqaroligi yo`q shaxslar bilan, 115 ta sayyor ravishda nikohlarni tantanali qayd etilgan.
3.Nikohdan ajralganlikni qayd etish yuzasidan.
Tuman FHDY bo`limi tomonidan 177 ta nikohdan ajralganlik qayd etilgan bo`lib, shundan voyaga etmagan farzandlari bo`lmagan er-xotinlarni ularning o`zaro roziligiga ko`ra FHDY organida 31 ta, er-xotin birinchi nikohda bo`lsa sud qaroriga asosan 137 ta, sodir qilgan jinoyati uchun uch  yildan kam bo`lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan shaxs bilan 1 ta  hamda 98 ta qo`shimcha asosda  nikohdan ajralishni  qayd etish amalga oshirilgan.
4.O`limni qayd etish yuzasidan
2023 yil davomida 1082 ta o`lim qayd etilgan bo`lib, bir yoshgacha o`lganlar 63 ta, muddatini o`tkazib o`limi qayd etilganlar 138 ta, sud qarori bilan 1 ta holatda o`limi qayd etilgan.

Shuningdek 383 ta otalikni belgilash qayd etilgan bolib, shundan sud qarori asosida 16 ta, farzandlikka olish 51 ta dalolatnoma yozuvlari rasmiylashtirilgan.
Bundan tashqari fuqarolarning16 yoshdan 18 yoshgacha  FIO o`zgartirishlar soni 5 ta, 18 yoshdan oshgan FIO o`zgartirishlar soni 37 tani tashkil etadi.
Dalolatnoma yozuviga o`zgartirish kiritish ariza asosida 138 ta, sud qarori asosida 3 tadan iborat.
5.Undirilgan to`lovlar yuzasidan.
    Tuman FHDY bo`limi tomonidan 2023 yil davomida 394 943 000 so`m davlat boji, 307 851 900 so`m gerb yig`imi va 129 859 500 so`m pullik hizmat undirilgan.


To`rtko`l tumani adliya bo`limi
FHDY bo`limi 2-toifali inspektori
Nurullayeva Aruxon Uktam qizi