Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

KONSTITUTSIYA BAXTIMIZ QOMUSI


KONSTITUTSIYA BAXTIMIZ QOMUSI

Konstitutsiya Mamlakatimiz mustaqilligining huquqiy poydevori, inson huquq va erkinliklarining kafolati, birdamlik zanjiri, tenglik mezonidir.
Ma’lumki, har bir davlatning shakllanishida Konstitutsiyaning o‘rni beqiyosdir. Bizning Konstitutsiyamiz 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan kun bo‘lib, har yili mazkur sana bayram sifatida keng nishonlanadi. Bosh Qomusimiz millatimiz ruhiga, hayot tarzi va urf-odatlariga mos keladigan imon-e’tiqod, insof, diyonat, mehr-oqibat, or-nomus, iffat va hayo kabi eng ezgu fazilatlarni o‘z ichiga olgan desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan huquqiy hujjatdir. Yaratilayotgan boshqa qonunlar konstitutsiyaviy me’yorlarga asoslanadi, me’yoriy hujjatlar ham shu asosda ishlab chiqiladi. Bosh qomusimizda jamiyat va davlat, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tuzilishi hamda faoliyatining asosiy prinsiplari, ularning vakolatlari, fuqarolarning asosiy huquq va burchlari, jamiyat va shaxs o‘rtasidagi munosabatlar belgilab berilganligi bilan ham yanada ahamiyatlidir.
Konstitutsiyamiz mustaqilligimizni mustahkamlash, xalqimizning tinch-osuda, farovon hayotini ta’minlashning muhim asosidir. Uning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib etish, aholi, ayniqsa, yoshlar ongu shuurida Vatanga sadoqat, qonunlarimizga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida o‘tkazilayotgan uchrashuv, davra suhbati, ochiq muloqot va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlar yuksak samaralar bermoqda. “Inson huquqlari – eng oliy qadriyat”, “Inson, uning qadr-qimmati, haq-huquqi oliy qadriyat”, “Konstitutsiya – baxtimiz poydevori”, “Adolat – qonun ustuvorligida”, “Konstitutsiya va ma’naviyat mushtarakligi”, “Konstitutsiya – faxrimiz, g‘ururimiz” kabi mavzularda yoshlar o`rtasida tadbirlar tashkil qilinmoqda.
Baxtimiz qomusi boʻlgan Konstitutsiyamiz millatidan qatʼiy nazar barcha oʻzbek xalqi, fuqarosining butun bir imkoniyati va majburiyatlarini oʻzida aks ettirgan boʻlib, hali uzoq yillar davomida yangi Oʻzbekistonning baxtli va kelajagi buyuk avlodlari uchun ham munosib xizmat qiladi.

To`rtko`l tumani adliya bo`limi
FHDY bo`limi 2-toifali inspektori
Nurullayeva Aruxon Uktam qizi