Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Qonunchilikdagi yangiliklar


Qonunchilikdagi yangiliklar

Аytish kerakki, mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan soʼng tadbirkorlikni rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyati erkinligi va kafolatlarini yaratish, ularning huquqlarini himoya qilish boʼyicha keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
Maʼlumki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning aholi bandligini taʼminlash va iqtisdiyotni rivojlanishida tutgan oʼrni va ahamiyati juda muhimdir.
Shu yoʼnalishda, mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har taraflama qoʼllab-quvvatlash maqsadida Prezidentimiz tomonidan qator farmon va qarorlar qabul qilinmoqda.
Xususan, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-yanvardagi "Tadbirkorlik sohasida majburiy talablarni qisqartirish hamda litsenziya va ruxsat berish tartib taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi PF-8-sonli Farmoni qabul qilindi.
Ushbu farmon bilan tadbirkorlik sohasida 2024-yil 1-martdan boshlab 16 ta litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilinmoqda.
Shuningdek, Farmon asosida 7 turdagi jumladan (er qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini (toʼliq yoki qisman) boshqa shaxsga berish maqsadga muvofiqligi toʼgʼrisida qaror,
-sugʼurtalovchining ogohlantirish tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan ogohlantirish tadbirlari ruyxatini kelishib olish, -bojxona tashuvchilarining reestriga kiritish,
- turarjoyni ijaraga berishning Yagona elektron reestriga kiritish,
-avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarining malakasini oshirish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik toʼgʼrisida xabarnoma,
-oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) boʼyicha faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik toʼgʼrisida xabarnoma,
-madaniy boyliklarni realizatsiya qilish boʼyicha faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma) ruxsat etish xususiyatiga ega xujjatlar va ruxsatnomalar bekor qilinmoqda.
Bundan tashqari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-yanvar kungi “Tadbirkorlik subʼektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-39-son qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subʼektlari Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlikni qoʼllab-quvvatlash boʼyicha jamoatchilik kengashining taklifiga asosan har yili 20-avgust — Tadbirkorlar kuni arafasida taqdirlash uchun davlat mukofotlari hamda «Faol tadbirkor» koʼkrak nishoniga tavsiya etiladi.
Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PF-82-son Farmoniga muvofiq, 2024-yil 1-yanvardan boshlab quyidagi ijtimoiy toʼlovlar Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufiga oʼtkazildi:
Unga koʼra, Yoshga oid nafaqa; Boquvchisini yoʼqotganlik nafaqasi; Oʼzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʼlgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band boʼlgan qonuniy vakiliga nafaqa;
Bolalikdan nogironligi boʼlgan shaxslarga nafaqa (1 va 2-guruh, 18 yoshdan katta); 1 va 2-guruh nogironlari uchun nafaqa; Kam taʼminlangan oilalar uchun bolalar nafaqasi; Kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam;
Farzand tugʼilganda beriladigan bir martalik nafaqa (Suyunchi puli); shuningdek Dafn qilish uchun nafaqa (Dafn puli).
Bundan tashqari,qonunchilikka koʼra quyidagi oʼzgarishlar kiritilmoqda:
Unga koʼra, iqtisodiy sudlar tomonidan soliq organlari ishtirokida koʼrilayotgan ishlar maʼmuriy sudlar yurisdiktsiyasiga oʼtkaziladi;
soliq majburiyati boʼyicha daʼvo qilish muddati 5 yildan 3 yilga tushiriladi.
Аholi va tadbirkorlarga ajratilgan kreditlar boʼyicha qarzdorlikni undirish boʼyicha sudning hal qiluv qarori chiqarilganda, mazkur kreditlar boʼyicha foizlar va neustoyka hisoblanishi toʼxtatiladi;
toʼlov miqdori kredit majburiyatlarini bajarish uchun yetarli boʼlmaganda, mablagʼlarni birinchi navbatda mutanosib ravishda muddati oʼtgan asosiy qarz va foiz qarzdorliklarini, ikkinchi navbatda joriy toʼlov uchun hisoblangan foizlar va asosiy qarzni, keyingi navbatlarda neustoyka va ijro xarajatlarini qoʼllashga yoʼnaltirish tartibi oʼrnatiladi.
Bundan tashqari,qonunchilikka koʼra, Umumiy oʼrta taʼlim muassasalarining pedagogik kasblariga birinchi marta ishga qabul qilinayotgan talabgorlarni kasbiy sertifikatlash tizimi joriy etiladi. Bunda:
2023/2024 oʼquv yilidan pedagogik kasblarga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy maʼlumotli talabgorlar stajyor-oʼqituvchi sifatida faoliyat yuritadi va ular ishga qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil muddat davomida kasbiy sertifikatga ega boʼlishi talab etiladi;
stajyor-oʼqituvchilarga ular kasbiy sertifikat olguniga qadar oliy maʼlumotli (toifasiz) oʼqituvchining bazaviy tarif stavkasi qoʼllaniladi.
Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi,
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi boshligʼi
Bekpulat Аvazmetov