Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Referendum oʼtkazish tartibi


Referendum oʼtkazish tartibi
Referendum oʼtkazish boʼyicha «Oʼzbekiston Respublikasining referendumi toʼgʼrisida»gi qonun dastlab 1991 yil 18 noyabrь kuni qabul qilingan.
Mazkur qonun xalqaro va Oʼzbekiston Respublikasida orttirilgan amaliy tajribalarni inobatga olgan holda 2001 yil 30 avgust kuni yangi tahrirda qabul qilindi.
Referendum nima?.
Referendum bu Oʼzbekiston Respublikasining referendumi respublika qonunlarini va boshqa qarorlarni qabul qilish maqsadida jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari yuzasidan fuqarolarning umumxalq ovoz berishidir. Referendum saylovlar bilan bir qatorda xalq irodasining bevosita ifodasi boʼlib, unda qabul qilingan qarorlar oliy yuridik kuchga ega boʼladi.
Аslida referendum tushunchasi qanday maʼnoni anglatadi?
«Referendum» soʼzining maʼnosi davlat ahamiyatiga ega boʼlgan muhim masalalar boʼyicha oʼtkaziladigan va baʼzan qonunlar qabul qilish uchun asos boʼlib xizmat qiladigan umumxalq soʼrovi, ovoz berish yoʼli bilan xalq fikrini aniqlashdir.
Referendumda kimlar ishtirok etadi?
Referendum oʼtkaziladigan kunga qadar yoki referendum kunida oʼn sakkiz yoshga toʼlgan Oʼzbekiston Respublikasining har bir fuqarosi referendumda ishtirok etish huquqiga egadir. Oʼzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida istiqomat qilayotgan yoki turgan Oʼzbekiston Respublikasining fuqarosi referendumda ishtirok etishga toʼla haqlidir.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz, deb topilgan fuqarolar, shuningdek, ogʼir va oʼta ogʼir jinoyatlar sodir etganligi uchun sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslar referendumda ishtirok etish huquqiga ega emas.
Kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy mavqei, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, maʼlumoti, tili, dinga munosabati, mashgʼulotining turi va xususiyatiga qarab, fuqarolarning referendumda qatnashish huquqini bevosita yoki bilvosita cheklash man etiladi.
Referendumda ovoz berish tartibi qanday?
Referendumda ovoz berish byulleteni fuqaro tomonidan yashirin ovoz berish kabinasi yoki xonasida toʼldiriladi. Ovoz berish byulletenini toʼldirish vaqtida ovoz beruvchidan boshqa shaxslarning hozir boʼlishi taqiqlanadi. Byulletenni mustaqil ravishda toʼldirish imkoniga ega boʼlmagan fuqaro oʼz xohishiga koʼra, referendum oʼtkazuvchi komissiya tarkibiga kiradigan shaxslardan, kuzatuvchilardan boshqa biron kishini kabina yoki xonaga taklif qilishga haqlidir.
Fuqarolar muddatidan oldin ham ovoz berishi mumkinmi?
Referendum kuni oʼz yashash joyida boʼlish imkoniyatiga ega boʼlmagan ovoz beruvchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.
Muddatidan oldin ovoz berish referendumga oʼn kun qolganida boshlanadi va referendumga uch kun qolganida tugallanadi. Muddatidan oldin ovoz berishni oʼtkazish vaqti Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi va fuqarolarning, kuzatuvchilarning eʼtiboriga ommaviy axborot vositalari orqali yetkaziladi.
Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi
bosh yuriskonsulьti
Nasiba Аbduraxmanova