Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Soliq qonunchiligidagi oʼzgarishlar


Soliq qonunchiligidagi oʼzgarishlar

Oʼzbekiston Respublikasining 2023 yil 28 dekabrdagi «Soliq va byudjet siyosatining 2024 yilga moʼljallangan asosiy yoʼnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʼzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida»gi OʼRQ-891-son Qonuni qabul qilindi.
Mazkur qonun bilan endilikda Soliqlar boʼyicha daʼvo muddati 3 yilgacha qisqartirildi.
Muhim yangiliklardan biri, 2024- yil 1- yanvardan boshlab soliq organlari biznesni 5 yil oʼrniga soʼnggi 3 yil uchun tekshirishga haqli.
Shuningdek, kameral soliq tekshiruvini oʼtkazish tartibi ham oʼzgartirildi.
Ushbu chora soliq toʼlovchilarning ishini yengillashtirish, byurokratik sansalorlikni yoʼq qilish, pul va vaqt xarajatlarini kamaytirishga qaratilgan.
Endilikda, qonun bilan kameral soliq tekshiruvi boʼyicha qoʼshimcha hisoblangan soliqlarni boʼlib-boʼlib toʼlash mumkinligi belgilandi.
Qonunga koʼra,endilikda 2024- yil 1- yanvardan boshlab soliq toʼlovchilarga kameral soliq tekshiruvi natijalari boʼyicha qoʼshimcha hisoblangan soliq summalarini boʼlib-boʼlib toʼlash imkoniyati beriladi.
Mazkur qonun bilan Soliq kodeksiga XMI va XHMT loyihalari uchun QQS boʼyicha imtiyoz kiritildi.
Xususan, 2023 yil noyabrь oyidan kuchga kirgan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari hisobidan amalga oshirilgan loyihalar uchun QQS boʼyicha imtiyoz Soliq kodeksining 483-moddasiga kiritilgan.
Shu bilan birga, endilikda QQS boʼyicha bir qator imtiyozlar bekor qilindi.
Jumladan, 2024- yil 1- apreldan boshlab tibbiyot, veterinariya, kommunal xizmatlar va dori-darmon vositalarini realizatsiya qilishda QQS boʼyicha imtiyozlar bekor qilinadigan boʼldi.
Qonun bilan QQS toʼlovchilari doirasi kengaytirildi.
Endilikda,qonunga koʼra Chet ellik yakka tartibdagi tadbirkorlar QQS toʼlovchilariga aylanishdi.
Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi,
yuridik xizmat koʼrsatish markazi
bosh yuriskonsulьti
Davronbek Аllabergenov