Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Iqtisodiy protsessual kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlar.


Iqtisodiy protsessual kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlar.

Keyingi yillarda aholini odil sudlovdan foydalanish imkoniyatini «Yangi O‘zbekiston — yangi sud» prinsipi doirasida yanada kengaytirish uchun insonning qadr-qimmati ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan muhim islohotlar amalga oshirildi.
Xususan, mamlakatimizda sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolar va tadbirkorlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish choralarini kuchaytirish, odil sudlovni samarali ta’minlash bo‘yicha izchil ishlar olib borildi. Olib borilgan ishlar natijasida odil sudlovni amalga oshirish jarayonida shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish darajasi yangi bosqichga chiqdi.
Shu bilan birga bugungi kunda sud qarorlarini qayta ko‘rish institutining tahlili mazkur institutni takomillashtirish orqali amaldagi tartibni qayta ko‘rib chiqish zarurati paydo bo‘lganligi sababli, 25.12.2023-yilda O‘zbekiston Respublikasining “Sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan o‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-888-sonli Qonuni qabul qilindi.
Mazkur qonun bilan,  O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga tumanlararo, tuman, shahar sudlari tomonidan birinchi instansiya sudida ko‘rilgan ishlar viloyat sudlarida va ularga tenglashtirilgan sudlarda apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida, viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlar tomonidan apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan ishlar mazkur sudlarda taftish tartibida, viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlar tomonidan taftish tartibida ko‘rilgan ishlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atida taftish tartibida qayta ko‘rilishini, alohida hollarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan ko‘rilgan ishlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida taftish tartibida qayta ko‘rilishini, shuningdek apellyatsiya va kassatsiya instansiyalari sudlari tomonidan ishlarni yangidan ko‘rish uchun birinchi instansiya sudlariga yuborish tartibi bekor qilinishini hamda ularning zimmasiga ish bo‘yicha yakuniy qaror chiqarish mas’uliyati yuklatilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Shuningdek, Iqtisodiy protsessual kodeksining 260-moddasi (260-modda. Apellyatsiya shikoyatlarini (protestlarini) ko‘radigan sudlar) quyidagi tahrirda bayon etilgan. Jumladan,  Apellyatsiya shikoyatlari (protestlari):
tegishli tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlarining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining hal qiluv qarorlari ustidan berilganda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining hal qiluv qarorlari ustidan berilganda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan ko‘riladi», deb belgilangan.
Bundan tashqari kodeksning 279-moddasining to‘rtinchi qismi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi va beshinchi qismlar bilan almashtirilgan. Jumladan, «Sudning hal qiluv qarori quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin, agar: 1) sud ishi yuritilayotgan til to‘g‘risidagi qoida ishni ko‘rish chog‘ida buzilgan bo‘lsa; 2) sud majlisining bayonnomasi imzolanmagan yoki ushbu Kodeks 202-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilganidan boshqa shaxslar tomonidan imzolangan yoxud, agar sud majlisining audio- yoki videoyozuvi amalga oshirilgan bo‘lsa, audio- va videoyozuvning elektron yoki boshqa manbalari sud majlisi bayonnomasiga qo‘shib qo‘yilmagan bo‘lsa; 3) sudyalar maslahatining sir saqlanishi to‘g‘risidagi qoida buzilgan bo‘lsa. Protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilganligi munosabati bilan birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini har qanday holda bekor qilish uchun quyidagilar asos bo‘ladi: 1) sud tomonidan ishning qonunga xilof tarkibda ko‘rilganligi; 2) ishning ishda ishtirok etuvchi, sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilinmagan biror-bir shaxs yo‘qligida ko‘rilganligi; 3) ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari to‘g‘risida sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinganligi; 4) hal qiluv qarorining sudya tomonidan imzolanmaganligi yoxud hal qiluv qarorida ko‘rsatilganidan boshqa sudya tomonidan imzolanganligi; 5) ishda sud majlisi bayonnomasining mavjud emasligi; 6) bildirilgan talab bo‘yicha sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinmaganligi; 7) ishning sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda ko‘rilganligi»; beshinchi qismi oltinchi qism deb hisoblansin”, deb belgilangan.
Shuningdek, ushbu qonun bilan iqtisodiy protsessual kodeksiga Sud hujjatlarini taftish tartibida qayta ko‘rish bo‘yicha ish yuritish to‘g‘risida 36-bob bilan to‘ldirilgan.  
Ushbu Qonun sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligini tekshirish mexanizmini yanada takomillashtirish hamda sud qarorlarini qayta ko‘rishning yangi tartibini joriy etish orqali odil sudlov sifatini hamda fuqarolarning odil sudlovga erishish darajasini yanada oshirishga, fuqarolarning buzilgan huquqlari va erkinliklari, shuningdek qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlashga xizmat qiladi.

To‘rtko‘l tumani adliya bo‘limi
bosh maslahatchisi                               M.Sheripboev