Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Yong'in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdorlari oshirilmoqda


Yong'in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdorlari oshirilmoqda

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan 2024-yil 13-mart kuni “O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga yong'inlar profilaktikasi samaradorligini oshirishga qaratilgan qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish haqida”gi O'RQ-919-sonli Qonuni imzolandi.  
Mazkur, Qonun bilan Yong'in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdorlari oshirilmoqda.
Shu bilan birga, shaxsning ehtiyotsizligi yoki yong'in xavfsizligi qoidalarini buzganligi tufayli uy-joy fondida odamlarning sog'lig'iga zarar yetishi yoxud o'zganing mol-mulki shikastlanishi yoki uning yo'q qilinishi bilan bog'liq bo'lmagan tarzda yong'in sodir bo'lganda mazkur shaxs yong'in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun ma'muriy javobgarlikdan ozod qilinadi.
Shuningdek o'rmonlarda yong'in xavfsizligi talablarini buzish oqibatida yong'in chiqqanligi uchun javobgarlik belgilanmoqda (fuqarolarga BHMning 10 dan 15 baravarigacha, mansabdor shaxslarga – BHMning 20 dan 25 baravarigacha).
Davlat yong'in nazorati organlariga yong'in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun tadbirkorlik sub'ektlariga ma'muriy javobgarlik choralari bevosita qo'llash vakolati berilmoqda.
Xulosa o'rnida, ushbu Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va uch oy o‘tgach qonun kuchga kiradi.

Taxiatosh tumani Adliya
bo'limi Yuridik xizmat
ko'rsatish markaz boshlig'i             Babanov Oybek Abdikadirovich