Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Tayanch doktorantura, doktorantura, stajyor-tadqiqotchilik, mustaqil izlanuvchilik farqi nimada?


Tayanch doktorantura, doktorantura, stajyor-tadqiqotchilik, mustaqil izlanuvchilik farqi nimada?

  Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarori 2-ilovasida quyidagicha ta'rif berilgan:

- stajyor-tadqiqotchilik — ishlab chiqarishdan ajralgan holda tegishli ixtisoslik bo'yicha ilmiy va ilmiy-ijodiy izlanishlarni olib borish va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun izlanuvchini tayyorlash shakli;
- PhD dan ya'ni, tayach doktoranturadan oldingi bosqich bo'lib, hozirda stajyorga tayanch doktoranturaga kirishda hech qanday imtiyoz ko'zda tutilmagan! "el qatori" imtihon topshiradi
- stajyor-tadqiqotchilikda — tahsil oluvchi shaxslarga stajyor-tadqiqotchi lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan miqdorda 3 912 720 so'm miqdorida stipendiya to'lanadi
- tayanch doktorantura — falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasiga da'vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo'yicha oliy ta'limdan keyingi ta'lim shakli;
- mutaxassislik va xorijiy til imtihonlaridan muvafaqqiyatli o'tgan talabgorlar 3 yil ichida tanlagan mavzusi doirasida ilmiy ish  olib borishi, tegishli ixtisoslik bo'yicha Ilmiy Kengashda himoya  qilishi hamda yakunda tegishli fan bo'yicha falsafa doktori diplomi taqdim etilishi nazarda tutiladi
- tayanch doktoranturada — tahsil oluvchi shaxslarga ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga yega bo'lmagan (2 yilgacha ilmiy faoliyat tajribasiga ega bo'lgan) kichik ilmiy xodim lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan miqdorda  4 419 894 so'm so'm miqdorida stipendiya to'lanadi
- doktorantura — fan doktori ((Doctor of Science (DSc)  ilmiy darajasiga da'vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo'yicha oliy ta'limdan keyingi ta'lim shakli;
- PhD dan yoki "eski" fan nomzodi ilmiy darajasidan keyingi bosqich bo'lib, tegishli fan bo'yicha Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasi beriladi
- doktoranturada tahsil oluvchi shaxslarga fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki ilmiy unvonga ega bo'lgan yetakchi ilmiy xodim lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan miqdorda 5 435 064 so'm stipendiya to'lanadi.
      - mustaqil izlanuvchilik — falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga da'vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo'yicha oliy ta'limdan keyingi ta'lim shakli. (yilda 4 marotaba hujjat qabul qilinadi,  kvota ajratilmaydi, talabgorlar kirish suxbati asosida qabul qilinadi)
           - Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'limning ushbu bosqichida talabgor (izlanuvchi) asosiy ish joyida ishlagan holda tadqiqot olib borgani uchun, moliyalashtirish ko'zda tutilmagan (stipendiya to'lanmaydi)
         - Tayanch doktorant va doktorantlar o'qish muddati davomida dissertatsiyasi mavzusini muvafaqqiyatli olib borishlari va o'z vaqtida himoya qilishlari nuqtai-nazaridan soliqqa tortilmaydigan stipendiya belgilangan.
         - Taqqoslash uchun davlat OTM o'qituvchisining "qo'liga tegadigan" oyligidan tayanch doktorantning stipendiyasi birmuncha ortiq. Buning zamirida esa ilmiy xodimning yetarli shart-sharoitda ilm qilishi va Tashkilotning ilmiy salohiyatini oshirishga qaratilganidir.

Xoʻjayli tuman adlya boʻlimining  
yuridikq xızmat koʻrsatish
markazi bosh yuriskonsultı                                                                      G.Faxratdinova