Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Kimlar davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega ?


Kimlar davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega ?  

1.    Kam ta’minlangan shaxslar, agar ular:

     ➖fuqarolik ishlari bo‘yicha da’vogarlar yoki javobgarlar;
     ➖ma’muriy ishlar bo‘yicha arizachilar;
     ➖ma’muriy qamoq tarzidagi ma’muriy jazo nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar;
     ➖jinoyat ishlari bo‘yicha gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, shuningdek mahkumlar bo‘lsa;

     2. Ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslar, ularga “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq psixiatriya yordami ko‘rsatilayotganda;

     3. O‘z huquqlari buzilgan, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunda nazarda tutilgan xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi munosabati bilan sudga murojaat qilgan jismoniy shaxslar;

     4. Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq jinoyat ishi bo‘yicha advokat ishtirok etishi shart bo‘lgan taqdirda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi.

Tajibayev Rustam Baxadirovich,
Qonliko‘l tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish
Markazining boshlig‘i