Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

PEDAGOG KADRLAR ATTESTATSIYASIDA QANDAY O'ZGARISHLAR BO'LDI?


PEDAGOG KADRLAR ATTESTATSIYASIDA QANDAY O'ZGARISHLAR BO'LDI?


    Ma'lumki, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 692-son qarori bilan pedagoglarga malaka toifa berishning yangi tartibi joriy qilindi.

    Yangi tartibga ko'ra pedagoglarga malaka toifa berish tartibi bo'yicha quyidagi o'zgarishlar amalga oshirildi:

    -  Ta’lim inspeksiyasi tugatilganligi munosabati bilan maktab pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshiriladigan bo'ldi;

     - Xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini berish hamda sertifikat olgan pedagog kadrlarga bazaviy tarif stavkasining 70 foizi miqdorida ustama haq to‘lash amaliyoti joriy etilishi belgilandi;

     -  Pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan hamda yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan pedagog kadrlarga — ularning amaldagi malaka toifasi (lavozimi) to‘g‘ridan-to‘g‘ri beriladigan bo'ldi;

     -  O‘qituvchilar attestatsiyadan o‘tayotganda maktabdan taqdim etiladigan 20 ballik ma'lumotnoma berish tartibi bekor qilindi (o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlari bundan mustasno);

     - Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish ikki bosqichda amalga oshirilib, birinchi bosqichda — pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda — pedagogik mahorati baholanadigan bo'ldi.


Tajibayev Rustam Baxadirovich,
Qonliko‘l tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish
Markazining boshlig‘i