Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Davlat xizmatlarini joylarga chiqgan holda ko‘rsatish tartibi belgilandi


Davlat xizmatlarini joylarga chiqgan holda ko‘rsatish tartibi belgilandi
Vazirlar Mahkamasining 31.08.2023 yildagi 435-son qarori bilan Davlat xizmatlarini joylarga chiqqan holda ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Reglamentga asosan, davlat xizmatlari Adliya vazirligining Aloqa markazi («Call-markaz») yoki uning rasmiy veb-sayti orqali murojaat qilish yo‘li bilan ko‘rsatiladi.
«Call-markaz» orqali so‘rovnomalar soat 09:00 dan 18:00 gacha qabul qilinadi. Shu bilan birga, rasmiy veb-sayt orqali sutkaning istalgan vaqtida xizmatlar uchun ariza berilishi mumkin.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish vaqti davlat xizmatlari markazlari (vakolatli organ)ning ish vaqti doirasida belgilanadi.
«Call-markaz»ning mas’ul xodimi so‘rovnomani ariza beruvchi nomidan to‘ldiradi va so‘rovnomadagi ma’lumotlar tasdiqlanganidan so‘ng ariza beruvchiga to‘lov invoysini yuboradi.
Shundan so‘ng xodim ariza beruvchi bilan telefon orqali bog‘lanib, so‘rovnomada ko‘rsatilgan joyga chiqadi hamda maxsus texnik qurilmalar (planshet yoki kompyuterga o‘rnatilgan daktiloskopiya, printer va boshqalar) yordamida davlat xizmatlarini ko‘rsatadi yoki davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ariza yuboradi (so‘rovnomada belgilangan muddatlarda).
Davlat xizmatlarini joyiga chiqqan holda ko‘rsatish yoki davlat xizmatlaridan foydalanishga ariza yuborish uchun Toshkent shahrida BHMning 50 foizi, viloyat markazlarida – BHMning 40 foizi, tuman (shahar)larda – BHMning 30 foizi miqdorida bir martalik to‘lov undiriladi.
O‘zgalar yordamiga muhtoj qariyalar, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra mustaqil harakatlanish imkoniyati cheklangan hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘lov undirilmaydi.

Ushbu Reglament:
•    milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish;
•    O‘zbekiston fuqarosi, O‘zbekistonda doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning identifikatsiyalovchi ID-kartasini hamda xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish;
•    JShShIRni berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishga nisbatan tatbiq etilmaydi


Ellikqal’a tumani adliya bo’limi
Davlat xizmatlari markazi bo’lim boshlig’i:             A.Ababekov