Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Ma'muriy sudlarda davlat boji to'lashdan kimlar ozod etiladi


Ma'muriy sudlarda davlat boji to'lashdan kimlar ozod etiladi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tamonidan  “Sudlarda davlat bojini undirish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi qonuni imzolandi.
Qonunga ko'ra O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi Ma'muriy sudlarda davlat boji to'lashdan ozod qilish  mazmundagi 330-1-modda bilan to'ldirildi, unga ko'ra Ma'muriy sudlarda davlat bojini to'lashdan quyidagilar ozod qilinadi:
1) tadbirkorlik sub'ektlari – tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog'liq huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat boshqaruvi organlarining, ma'muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo'lgan boshqa organlarning, fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda;
2) O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari – davlat boshqaruvi organlarining, ma'muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo'lgan boshqa organlarning, fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan palata a'zolarining manfaatlarini, shuningdek o'z manfaatlarini ko'zlab berilgan arizalar bo'yicha;
3) nodavlat notijorat tashkilotlari – o'z huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat organlarining g'ayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilganda;
4) Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha respublika kengashi hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha hududiy kengashlar,
– fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat boshqaruvi organlarining, ma'muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo'lgan boshqa organlarning, fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining, ular
mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilganda;
5) nogironlarning jamoat birlashmalari, shuningdek ularning muassasalari, o'quv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari – o'z huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat boshqaruvi organlarining, ma'muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo'lgan boshqa organlarning, fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining g'ayriqonuniy qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilganda;
6) davlat soliq xizmati organlari, moliya va bojxona organlari – barcha ishlar hamda hujjatlar bo'yicha;
7) prokuratura organlari – davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini ko'zlab beriladigan arizalar yuzasidan;
8) adliya organlari – davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini ko'zlab beriladigan arizalar yuzasidan;
9) yuridik va jismoniy shaxslar – davlat ijrochisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan beriladigan arizalar (shikoyatlar) bo'yicha;
10) O'zbekiston fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari – fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat boshqaruvi organlarining, ma'muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo'lgan boshqa organlarning, fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalarining manfaatlarini ko'zlab beriladigan arizalar (shikoyatlar) yuzasidan;
11) mulkdorlar – xususiy mulk huquqini amalga oshirish bilan bog'liq bo'lgan o'z huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to'g'risida davlat organlarining va boshqa organlarning, fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish haqidagi ishlar yuzasidan;
12) xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi aktsiyadorlik jamiyatlari – ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to'g'risidagi arizalar (shikoyatlar) yuzasidan;
13) taraflar – muayyan yashash joyiga ega bo'lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish haqidagi ishlar yuzasidan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib  adliya bo'limi tamonidan fuqarolarning manfaatlarini ko'zlab Ma'muriy sudlarga kiritiladigan arizalar bo'yicha fuqarolar davlat boji to'lashdan ozod yetilishi tushindiriladi.

Nukus tumani adliya bólimi