Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Pensionerning ish staji tiklab berildi


Pensionerning ish staji tiklab berildi

Toʼrtkoʼl tumanida yashovchi pensioner X.S. tuman adliya boʼlimiga murojaat qilib oʼz murojaatida Budjetdan tashqari pensiya jamgʼarmasi tuman boʼlimi pensiya va nafaqalarni tayinlash komissiyasining xatti-harakatlaridan norozi boʼlib pensiya ishini qayta oʼrganib berishni soʼragan.
Mazkur murojaat adliya boʼlimi tomonidan joyiga chiqqan holda oʼrganish natijasida pensioner X.S.ning mehnat daftarchasida 1987-1993-yillarda (220 kunlik minimum), 1994 yilda (1540 soat minimum), 1995-1999-yillarda esa (1880 soat minimum) jamoa xoʼjaligida belgilangan mehnatda ishtirok etish minimumi koʼrsatilgan boʼlsada, komissiyaning 2016-yildagi qarori bilan ishlangan vaqtning amalda davom etgan davri hisobga olinmaganlik holati aniqlandi.
Vaholanki, Oʼzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʼgʼrisida”gi Qonunning 37-moddasida “1965 yildan keyingi davr uchun jamoa xoʼjaligidagi ish stajini hisoblab chiqarishda, agar jamoa xoʼjaligi aʼzosi uzrsiz sabablarga koʼra jamoa xoʼjaligida belgilangan mehnatda ishtirok etish minimumini bajarmagan boʼlsa ishlangan vaqtning amalda davom etgan davri hisobga olinadi” deb belgilangan.
Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining “Davlat pensiya taʼminoti bilan bogʼliq ishlar boʼyicha sud amaliyoti toʼgʼrisida”gi qarorining 12-bandida “Jamoa xoʼjaligida mehnatda ishtirok etganlik holati mehnatning haqiqiy davri va muayyan yilda mehnatda ishtirok etish minimumi koʼrsatilgan xoʼjalik aʼzosining mehnat daftarchasi bilan tasdiqlanadi” deb belgilangan.
Yuqoridagi qonun buzilish holatini bartaraf qilish maqsadida Pensiya jamgʼarmasi tuman boʼlimiga kiritilgan taqdimnomaga asosan pensioner X.S.ning mehnat daftarchasidagi tegishli yozuvlar asosida jamoa xoʼjaligida belgilangan mehnatda ishtirok etish minimumini hisobga olinishi taʼminlandi va uning huquqlari tiklandi.
Davronbek Аllabergenov,
Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi
bosh yuriskonsulti