Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

“Yo'l harakati to'g'risida” Qonuni qabul qilindi


“Yo'l harakati to'g'risida” Qonuni qabul qilindi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan 2024-yil 19-yanvar kuni “Yo'l harakati to'g'risida”gi O'RQ-900-sonli O'zbekiston Respublikasi Qonuni imzolandi.  
Mazkur, Qonun bilan yo'l egasining huquq va majburiyatlari, transport egalarining yo'l harakati xavfsizligini ta'minlashga doir majburiyatlari hamda mehnat shartnomasi bo'yicha ishlayotgan haydovchilarning huquqlari alohida belgilandi, yo'l qaysi korxona, muassasa, tashkilot yoki jismoniy shaxslar ixtiyorida bo'lsa, o'shalar yo'l egasi hisoblanadi va yo'l egasi yo'llarni qurish, ta'mirlash va rekonstruktsiya qilish loyihalarini kelishib olish va tasdiqlashda, shuningdek ta'mirlash ishlarini tashkil etishda ishtirok etish huquqiga ega.
Transport egalari:
texnik jihatdan soz transportdan foydalanishi, transportning tegishli malakaga ega va tibbiy ko'rikdan o'tgan shaxslar tomonidan boshqarilishiga ijozat berishi.
transportdan foydalanish chog'ida boshqa shaxslarning hayotiga, sog'lig'iga va (yoki) mulkiga zarar yetkazganlik uchun o'z fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilishni amalga oshirishi.
transportning alkogoldan mast holatda yoki psixoaktiv moddalar ta'siri ostida yoxud o'ta charchoq holatda bo'lgan shaxslar tomonidan boshqarilishiga yo'l qo'ymasligi shart.
Transportni o'z xizmat yoki mehnat majburiyatlarini bajarish uchun, shu jumladan transportning mulkdori yoki boshqa egasi bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga yoki fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnomaga asosan boshqaruvchi shaxs transport vositasining egasi bo'lmaydi.
Yo'l uchastkalarini rekonstruktsiya qilish, kapital ta'mirlash yoki ta'mirlash ishlari bajarilayotganda yo'lning mazkur uchastkalaridagi qatnov qismining ko'pi bilan 50%dan o'tish uchun cheklanishi yoki yopilishi mumkin. Yo'l uchastkalarida qatnov qismining 50%dan ko'prog'ini yopish zarur bo'lgan taqdirda mazkur yo'l uchastkalarini aylanib o'tish ta'minlanishi kerak.
Qonunda ko'p kvartirali uylarga tutash hududlarning belgilangan chegaralarida to'xtab turish joylarini qurish to'g'risidagi qarorlar hududni rejalashtirish bo'yicha tasdiqlangan hujjatlarga muvofiq mahalliy davlat organi hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinishi nazarda tutilgan.
Mamlakatimizda yo'l harakati qoidalarini yanada takomillashtirish, yo'l-transport hodisalarining oldini olish, yo'l harakati xavfsizligini nazorat qilish va samaradorligini oshirish, zamonaviy tizimini shakllantirish borasida bir qancha  ishlar amalga oshirilmoqda.
Xulosa o'rnida, ushbu Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va olti oy o‘tgach kuchga kiradi.

Taxiatosh tumani Adliya
bo'limi Yuridik xizmat
ko'rsatish markaz boshlig'i                Babanov Oybek Abdikadirovich