Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Huquqbuzorliklar profilaktikasi


                                 Huquqbuzorliklar profilaktikasi

Ma`lumki, yurtimizda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 14-may kungi Huquqbuzorliklar profilaktikasi toʼgʼrisidagi OʼRQ-371-son qonuni, Oʼzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksi, Oʼzbekiston Respublikasining «Voyaga yetmaganlar oʼrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʼgʼrisida»gi OʼRQ-263-son Qonuni, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida» 2017 yil 14 martdagi PQ-2833-son qarori, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashda ularning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida» 2017 yil 10 apreldagi PF-5005-son Farmoni, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʼlinmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida» 2017 yil 18 apreldagi PQ-2896-son qarori, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Jamoat xavfsizligini taʼminlash samaradorligini oshirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida» 2018 yil 24 dekabrdagi PQ-4075-son qarori, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida» 2019 yil 7 fevraldagi PQ-4166-son qarori qabul qilindi va sohaga oid mustahkam huquqiy baza yaratildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 14-may kungi Huquqbuzorliklar profilaktikasi toʼgʼrisidagi OʼRQ-371-son qonunning 3-moddasiga asosan — sodir etilganligi uchun maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan aybli gʼayrihuquqiy qilmish (harakat yoki harakatsizlik) huquqbuzorlik deb nomlanadi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 14-may kungi Huquqbuzorliklar profilaktikasi toʼgʼrisidagi OʼRQ-371-son qonunning 5-moddasiga asosan, huquqbuzarliklar profilaktikasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat etib belgilandi:
shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash;
jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonuniylikni mustahkamlash, shuningdek korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;
huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, oʼrganish, bartaraf etish chora-tadbirlarini koʼrish;
huquqbuzarlikdan jabrlanuvchilarni, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil boʼlgan, huquqbuzarlik sodir etgan, shu jumladan ilgari sudlangan va ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish;
jismoniy shaxslarning huquqbuzarlikdan jabrlanuvchiga aylanishi xavfini kamaytirish;
huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda muassasalar faoliyatining oʼzaro hamkorligini taʼminlash va ularning faoliyatini muvofiqlashtirishdan iboratdir.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 14-may kungi Huquqbuzorliklar profilaktikasi toʼgʼrisidagi OʼRQ-371-son qonunining 9-moddasiga asosan huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalar tizimi belgilandi:
Unga ko`ra,  ichki ishlar organlari; prokuratura organlari; Davlat xavfsizlik xizmati organlari; Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati organlari;
Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari; Oʼzbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi; adliya organlari; davlat bojxona xizmati organlari; davlat soliq xizmati organlari; mehnat organlari; taʼlimni davlat tomonidan boshqarish organlari va taʼlim muassasalari hamda davlat sogʼliqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sogʼliqni saqlash muassasalari va Oʼzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʼmitasi organlari.

Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi
Yuridik xizmat koʼrsatish
markazi boshlig`i
B.Avazmetov.