Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

O`zodlikdan mahrum etish joylaridagi shaxslar bilan nikohni qayd etish tartibi


O`zodlikdan mahrum etish joylaridagi shaxslar bilan nikohni qayd etish tartibi

Jazani ijro etish muassasalarida jazani o`tayotgan shaxslar bilan nikohni qayd etish shu mussasa joylashgan hududdagi FHDYo orgonlari tamonidan amalga oshiriladi.
Mahkum bilan nikohga kirishni xohlovchi shaxs, nikohga kirish haqidagi maxsus blankadagi arizaning o`ziga  taalluqli qismini to`ldirib o`zi doimiy yashayotgan yoki jazoni ijro etish muassasasi joylashgan hududdagi FHDYo organi arizada keltirilgan malumotlarni ariza beruvchining shaxsini tastiqlovchi hujjati bilan solishtiriladi, arizada qayd etilgan ma`lumatlarning to`g`riligini va arizachining imzosini tastiqlaydi va unga arizani qaytaradi. Shundan so`ng mahkum bilan nikohga kirishni xohlovchi shaxs bu arizani mahkumga berish uchun jazoni ijro etish muassasasi ma`muryatiga topshiradi. Mahkum bilan nikohga kirish haqidagi arizani olgannan keyin, jazoni ijro etish muassasasi ma`muriyati toldirilgan arizadagi
ma`lumotlarni mahkumning shaxsini tastiqlovchi hujati bolmagan taqdirda ham solishtiriladi, ularning haqiqiyligini va arizani ijro etish muassasi joylashgan mazkur hududdagi FHDYo organiga yuboradi. Bunda ariza FHDYo organi tamonidan ro`yxatdan o`tkazilgannan keyin shu kunning o`zida nikohga kiruvchi mahkumning tibbiy tekshiruvdan o`tishi uchun yo`llanma va nikohni qayd etish vaqtini belgilash tog`risidagi xabarnoma jazoni ijro etish muassasi ma`muriyatiga yuboradi. Agar mahkumning shaxsiy yig`majildida uning oilaviy ahvoli to`g`risida ma`lumotlari to`liq bolmasa , kam yoki noaniq bo`lsa, uholda jazoni ijro etish muassasalar orqali ularni talab qilib olish yoki aniqlash choralarini ko`radi. Jazoni o`tash
muassasalari ma`muryati mahkumni nikohdan oldin tibbiy ko`rikdan belgilangan tartibda o`tkazadi. Mahkum bilan nikohni qayd etish FHDYo organi bilan kelishilgan holda jazoni ijro etish muassasi ma`muryati tamonidan ajratilgan binoda nikohga kiruvchi shaxslarning ishtirokida amalga oshiriladi. Mahkum bilan nikohga kiruvchi shaxsga FHDYo organi tomonidan nikoh qayd etilganligi haqqida guvohnoma beriladi.

To`rtko`l tumani adliya bo`limi
FHDY bo`limi 2-toifali inspektori Saparova Aziza