Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

O'rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash qoidalari


O'rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash qoidalari


Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 18 oktyabrdagi 297-son qaroriga asosan  “O'rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to'g'risida” gi Nizom tasdiqlandi.
Nizom mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda (keyingi o'rinlarda tashkilot deb ataladi) mehnat shartnomasiga (kontraktga) muvofiq o'rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlovchi jismoniy shaxslar — O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning mehnat munosabatlarini tartibga solish qoidalarini belgilaydi.
O'rindoshlik asosida ishlash — xodimning o'zining asosiy ishini bajarishidan tashqari asosiy ishidan bo'sh vaqtida mehnat shartnomasi asosida boshqa haq to'lanadigan ishni bajarishi tushuniladi.
Nizom talablariga ko'ra asosiy ish joyi — Ish beruvchi tomonidan xodimning mehnat daftarchasi yuritiladigan tashkilot hisoblanadi.
O'rindoshlik asosida asosiy ish joyida (ichki o'rindoshlik) yoxud boshqa tashkilotda (tashqi o'rindoshlik) ishlashga yo'l qo'yiladi.
Xodimning asosiy ish joyi hisoblangan tashkilotda o'rindoshlik asosida ishlashga vaqtincha bo'lmagan xodimning ishini bajarishda yoki bo'sh lavozimdagi ishni bajarishda yo'l qo'yiladi.
O'rindoshlar mehnatiga haq to'lash mehnat shartnomasiga muvofiq amalga oshiriladi.
O'rindoshlik asosida ishlovchi shaxslarga har yilgi asosiy, shuningdek o'rindoshlar haqli bo'lgan qo'shimcha ta'tillar asosiy ish joyidagi har yilgi mehnat ta'tili bilan bir vaqtda beriladi.
Bir necha kasb va lavozimda ishlash deb xodim tomonidan mehnat shartnomasida kelishilgan o'zining asosiy ishi bilan birgalikda boshqa kasb va lavozim bo'yicha qo'shimcha ish bajarilishi va ichki tartib-qoidalar bilan belgilangan o'zining asosiy ishidan ozod bo'lmagan holda, vaqtincha bo'lmagan xodimning vazifalarini bajarishi hisoblanadi.
Tashkilotning xodimi qo'shimcha ishni bajaradigan muddat, uning mazmuni va hajmi ish beruvchi tomonidan, xodimning yozma roziligi bo'yicha belgilanadi.
Bir necha kasb va lavozimda ishlash, o'zining asosiy ishi bilan birgalikda vaqtincha bo'lmagan xodimlarning vazifalarini bajarganlik uchun qo'shimcha haq to'lanadi.
Byudjet tashkilotlarida qo'shimcha haq miqdori bir necha kasb va lavozimda ishlagandagi lavozim maoshining 50 foizidan yuqori bo'lishi mumkin emas.
Bir necha kasb va lavozimda ishlash tartibi va shartlari xizmat ko'rsatish doirasi kengayganda yoki bajariladigan ishlar hajmi ortganda ham qo'llaniladi.


Tajibaev Rustam Baxadirovich
Xo'jayli tumani adliya bo'limi
Yuridik xizmat ko'rsatish markazining