Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Oʼzbek tili va til siyosatini takomillashtirish


                        Oʼzbek tili va til siyosatini takomillashtirish

Mamlakatimizda, Oʼzbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obroʼ-eʼtiborini tubdan oshirish, unib-oʼsib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy anʼana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini toʼlaqonli joriy etishni taʼminlashga qaratilgan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabr kuni “Mamlakatimizda oʼzbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-6084-son Farmoni qabul qilindi.
Mazkur Farmon bilan, 2020-2030 yillarda oʼzbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish boʼyicha kontseptsiya tasdiqlandi.
Ushbu Farmonga asosan, konseptsiyada quyidagilar nazarda tutildi:
mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan toʼliq va toʼgʼri foydalanishga erishish;
taʼlim tashkilotlarida davlat tilini oʼqitish tizimini yanada takomillashtirish, uning ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish;
davlat tilining sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirish;
davlat tilining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalariga faol integratsiyalashuvini taʼminlash;
davlat tilining xalqaro miqyosdagi oʼrni va nufuzini oshirish, bu borada xorijiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
mamlakatimizda istiqomat qiladigan barcha millat va elatlar tillarini rivojlantirish maqsadida keng va teng imkoniyatlar hamda ularga davlat tilini oʼrganish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.
Shu bilan birga, mazkur Farmonga muvofiq, 2020-2030 yillarda oʼzbek tilini rivojlantirish va til siyosatini yanada takomillashtirish boʼyicha kontseptsiyasini 2020 — 2022 yillarda amalga oshirish yuzasidan maxsus dasturi ham tasdiqlandi.
Ushbu dasturga asosan, oʼzbek tilini takomillashtirish boʼyicha quyidagi asosiy yoʼnalishlar belgilandi.
Jumladan, taʼlim tashkilotlarida davlat tilini oʼqitish tizimini yanada takomillashtirish, uning ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish sohasida:
2025-yilga qadar davlat maktabgacha taʼlim tizimida amaldagi maktabgacha taʼlim muassasalarining hududlarini kengaytirish yoki yangi quriladigan muassasalar hisobiga oʼzbek tilli guruhlar qamrovini 72 foizga, 2030-yilgacha esa 80 foizga yetkazish;
2030-yilga qadar umumtaʼlim maktablarida oʼquv yillari uchun tayanch oʼquv rejalarida oʼzbek tili fanini oʼqitish koʼlamini amaldagi haftada 84 soatdan 110 soatgacha oshirish;
oliy taʼlim muassasalarida oʼzbek tili kafedralari sonini 2025-yilga qadar 120 taga, 2030-yilgacha esa 140 taga yetkazish;
Dasturga koʼra, davlat tilining sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirish sohasida:
lotin yozuviga asoslangan oʼzbek alifbosida «Oʼzbekiston milliy qomusi» jildlarini nashr etishni bosqichma-bosqich koʼpaytirib borish;
2020-yilda oʼzbek tilining lugʼat boyligini oshiruvchi 15 ta lingvistik, sohaviy-terminologik, izohli lugʼatlar yaratish;
teleradiokanallar suxandon-boshlovchilarining oʼzbek adabiy tilidagi nutq madaniyatini oshiruvchi qayta tayyorlov kurslarida oʼqitish tizimini joriy etish va qamrovni 2030-yilgacha 100 foizga yetkazish;
Dasturga koʼra, davlat tilining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalariga integratsiyalashuvini taʼminlash sohasida quyidagilar nazarda tutilgan.
Unga koʼra, 2025-yilga qadar davlat tilida sohaviy ish yuritish hujjatlarining yagona elektron namunalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish uchun 14 ta onlayn dastur ishlab chiqish, 2030-yilgacha esa ushbu koʼrsatkichni 25 taga yetkazish;
dasturiy mahsulotlarning oʼzbekcha ilovalari va elektron lugʼat dasturlarini yaratish;
xorijliklar uchun oʼzbek tilini oʼrgatuvchi dasturlar yaratish;
Shuningdek, dastur asosida davlat tilining xalqaro miqyosdagi oʼrni va nufuzini oshirish, bu borada xorijiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish sohasida quyidagilar belgilandi.
Bunda, 2030-yilga qadar xorijiy oliy taʼlim muassasalarida oʼzbek tilini oʼrgatuvchi markazlar sonini amaldagi 17 tadan 60 tagacha koʼpaytirish;
2025-yilga qadar «Oʼzbek tilining doʼstlari» klublari sonini 30 taga, 2030-yilgacha esa 40 taga yetkazish;
xorijiy oliy taʼlim muassasalarida oʼzbek tili kurslarini zarur ilmiy, oʼquv-uslubiy, badiiy adabiyotlar bilan taʼminlash, oʼzbek tilini oʼrgatishga doir ilmiy tadqiqotlar miqdorini oshirish chora-tadbirlari belgilandi.
Xulosa qilib aytganda, mazkur Farmon tom maʼnoda, mamlakatimizda Oʼzbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obroʼ-eʼtiborini tubdan oshirish, unib-oʼsib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy anʼana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini toʼlaqonli joriy etishni taʼminlashga xizmat qilishi, shubhasizdir.

Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi
Yuridik xizmat koʼrsatish
markazi boshligʼi,
2-darajali adliya maslahatchisi
B.Аvazmetov