Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Yangi Konstitutsiya: Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy hamda ekologik huquqlar...


Yangi Konstitutsiya: Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy hamda ekologik huquqlar...

Bizga Davlat va huquq tarixidan ma’lum bo’ladiki, biron bir muddat yoki vaqtning o‘tishi bilan jamiyat rivojlanishda davom etar ekan unda yangi ijtimoiy munosabatlar vujudga keladi va shunga munosib ravishda ushbu ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yangilanib, o‘zgartirilib, bekor  qilinib borilaveradi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi yangi Konstitutsiyasiga ko’ra, davlat suverineteti, xalq hokimiyatchiligini, insonlarning huquq va erkinliklarini yanada mustahkamlash, mahalliy ijro etuvchi va vakillik organlari vakolatlarini yanada aniq ajratrishni, davlat hokimiyatining tashkil etilishi, qonunchilik tashabbusi hamda sud-huquq va ta’lim-tarbiya, ijtimoiy himoya boshqa sohalarga oid bo‘lib, 64 ta moddaga 200 dan ortiq o‘zgartishlar kiritilib, 6 ta yangi modda bilan 16 ta yangi norma qo‘shilishi natijasida dunyodagi adolatli hamda to’laqonli huquqiy Konstitutsiya qabul qilindi deb ayta olamiz.
Konstitutsiyaga fuqarolarning shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ekologik huquqlari hamda manfaatlarini taʼminlashga, himoya qilishga qaratilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan normalar kiritildi.
Ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar insonning yashash sharoitlarini, o'z  qobiliyatlaridan foydalanishini, insonning avtonomligi va jamiyatdagi iqtisodiy aloqalarini, shuningdek uning ijtimoiy himoyalanganligini belgilaydi.
Madaniy huquqlar insonning konstitutsiya yoki qonun bilan kafolatlangan va insonning madaniy hamda ilmiy sohada  o'zini namoyon qilishi uchun imkoniyat yaratadigan inson huquqlari va erkinliklarining maxsus majmuidir.
Chunonchi, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ikkinchi bo’lim to’qqizinchi bobi aynan ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy hamda ekologik huquqlarga bag’ishlangan. Konstitutsiyamizning yuqorida keltirilgan bobining aynan 41-48-moddalari ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari bilan bog’liq bo’lib, ushbu moddalarda har bir shaxs mol mulkka ega bo’lish huquqi (41-modda) mustahkamlab qo’yilganligi hamda Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega ekanligi mustahkamlab qo’yilgan (42-modda). Davlat fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularni ishsizlikdan himoya qilish, shuningdek kambag‘allikni qisqartirish choralarini ko‘rishi, Davlat fuqarolarning kasbiy tayyorgarligini va qayta tayyorlanishini tashkil etadi hamda rag‘batlantiradi (43-modda), Sud qarori bilan tayinlangan jazoni ijro etish tartibidan yoxud qonunda nazarda tutilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi, Bolalar mehnatining bolaning sog‘lig‘iga, xavfsizligiga, axloqiga, aqliy va jismoniy rivojlanishiga xavf soluvchi, shu jumladan uning ta’lim olishiga to‘sqinlik qiluvchi har qanday shakllari taqiqlanadi(44-modda), Har kim dam olish huquqiga ega.Yollanib ishlovchilarga dam olish huquqi ish vaqtining davomiyligini, dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlarini, haq to‘lanadigan har yilgi mehnat ta’tilini belgilash orqali ta’minlanadi (45-modda). Har kim qariganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, ishsizlikda, shuningdek boquvchisini yo‘qotganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot huquqiga egaQonunda belgilangan pensiyalar, nafaqalar va boshqa turdagi ijtimoiy yordamning miqdorlari rasman belgilangan eng kam iste’mol xarajatlaridan oz bo‘lishi mumkin emas(46-modda). Har kim uy-joyli bo‘lish huquqiga ega.Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi.Davlat uy-joy qurilishini rag‘batlantiradi va uy-joyga bo‘lgan huquqning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi. Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi qonun bilan belgilanadi (47-modda). Har kim sog‘lig‘ini saqlash va malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini qonunda belgilangan tartibda davlat hisobidan olishga haqli. Davlat sog‘liqni saqlash tizimini, uning davlat va nodavlat shakllarini, tibbiy sug‘urtaning har xil turlarini rivojlantirish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash choralarini ko‘radi.Davlat jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi (48-modda). Konstitutsiyamizning 49-53-moddalari esa madaniy, ekologik huquqlar sanalib ular quyidagicha belgilangan: Har kim qulay atrof-muhitga, uning holati to‘g‘risidagi ishonchli axborotga ega bo‘lish huquqiga ega. Davlat fuqarolarning ekologik huquqlarini ta’minlash va atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida shaharsozlik faoliyati sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.Shaharsozlik hujjatlarining loyihalari qonunda belgilangan tartibda jamoatchilik muhokamasidan o‘tkaziladi. Davlat barqaror rivojlanish prinsipiga muvofiq, atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Davlat Orolbo‘yi mintaqasining ekologik tizimini muhofaza qilish hamda tiklash, mintaqani ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rivojlantirish yuzasidan choralar ko‘radi(49-modda). Har kim ta’lim olish huquqiga ega.Davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlaydi.Davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.Davlat bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olishni kafolatlaydi. Umumiy o‘rta ta’lim majburiydir.Maktabgacha ta’lim va tarbiya, umumiy o‘rta ta’lim davlat nazoratidadir (50-modda). Fuqarolar davlat ta’lim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy ma’lumot olishga haqli.Oliy ta’lim tashkilotlari qonunga muvofiq akademik erkinlik, o‘zini o‘zi boshqarish, tadqiqotlar o‘tkazish va o‘qitish erkinligi huquqiga ega (51-modda). O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog‘lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma’naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida e’tirof etiladi.Davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi (52-modda). Har kimga ilmiy, texnikaviy va badiiy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Intellektual mulk qonun bilan muhofaza qilinadi.Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishi haqida g‘amxo‘rlik qiladi (53-modda).

Amudaryo tumani adliya bo’limi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
bosh yuriskonsulti  A.Z.Tojiboyev