Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Davlat xizmatlarini olishda eng ko‘p beriladigan savollar?


Javob: Yo‘qolgan kadastr pasporti qayta tiklash uchun ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
Ariza beruvchilar o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazlari xodimi ariza beruvchi nomidan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida orqali murojaat etgan taqdirda esa, belgilangan shakldagi so‘rovnomani elektron shaklda mustaqil to‘ldiradi. Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, so‘rovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi.
So‘rovnomaga ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.
Kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda kadastr pasportini qayta taklash bepul amalga oshiriladi..
Quyidagilar kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:
-so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;
-ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;
-ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda;
-vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 2 sentyabrdagi «Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 535-son qarori.

Taxiatosh tumani
adliya bo‘limi Davlat xizmatlari
markazi bo‘lim boshlig‘i A.Orazimbetov