Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Adliya ko`magi bilan uzliksiz ish stajiga ega bo`lgan hamshira xodimlarning ustama mablag`larini undirish belgilandi


O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-aprel kungi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-5415-sonli Farmoniga asosan, inson huquqlarini himoya qilish bo`yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, o`z vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko`rib chiqish tumanlar (shaharlar) adliya bo`limlarining asosiy vazifalaridan biri etib belgilangan.
Mazkur vazifa doirasida, Beruniy tumani adliya bo`limi tomonidan Beruniy tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo`limiga qarashli maktabgacha ta’lim bo`limi hamshiralarining tuman adliya bo`limiga uzluksiz ish staji uchun ustama mablag`larin undirib berishda amaliy yordam so`rab yo`llagan murojaatlari o`rganib chiqildi.
Xususan, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qaroriga 2-ilova “O`zbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq to`lash tartibi va shartlari to`g`risida”gi Nizomning 25-bandiga asosan, vrachlarga, o`rta va kichik tibbiyot xodimlariga, shuningdek sog`liqni saqlash barcha muassasalari farmatsevtika xodimlariga quyidagi ustamalar:
uzluksiz ish staji 5 yildan 10 yilgacha bo`lganda — tarif stavkasining 5 foizi miqdorida;
uzluksiz ish staji 10 yildan 15 yilgacha bo`lganda — tarif stavkasining 10 foizi miqdorida;
uzluksiz ish staji 15 yildan 20 yilgacha bo`lganda — tarif stavkasining 15 foizi miqdorida, oliy ma`lumotga ega bo`lgan tibbiyot hamshiralari uchun esa tarif stavkasining 20 foizi miqdorida;
uzluksiz ish staji 20 yildan ortiq bo`lganda — tarif stavkasining 20 foizi miqdorida belgilanadi, sog`liqni saqlash muassasalari xodimlarining mazkur Nizomning 24-bandida ko`rsatilgan alohida toifalari bundan mustasno, oliy ma`lumotga ega bo`lgan tibbiyot hamshiralari uchun esa tarif stavkasining 30 foizi miqdorida belgilangan.
Lekin, shunga qaramasdan Beruniy tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo`limi tomonidan mazkur xodimlarga tegishli ustama mablag`lari to`lab berilmagan.
Qayd qilingan qonunchilik talablariga binoan tuman adliya bo`limi tomonidan uzliksiz ish stajiga ega bo`lgan hamshira xodimlarning manfaatida fuqarolik ishlari bo`yicha Beruniy tumanlararo sudiga da’vo ariza kiritilib, sudning 2023-yil 26-iyul kungi hal qiluv qarori bilan jami 89 903 384 so`m ustama mablag`lari undirish belgilandi.

Beruniy tumani adliya bo'limi boshlig'i v.v.b. Vahob Turaniyazov