Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Korrupsiyaga qarshi kurash bugungi kun davr talabi


Barchamizga maʼlumki, hozirgi davrning milliy va xalqaro huquqida tobora koʼp qoʼllanilayotgan atamalardan biri bu korrupsiya boʼlib, bu illatga qarshi jahon miqyosida keng qamrovda kurash olib borilmoqda. Mamlakatimizda ham korrupsiya illatiga qarshi kurashish davlat ahamiyatiga molik masala sifatida alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda. Jumladan 2017-yil 3-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi qonunining qabul qilinganligi ham o’z navbatida davlatimiz tomonidan korrupsiya illatiga murosasiz qarshi kurashishga huquqiy pydevor bo’ldi desak mubolag’a bo’lmaydi. Bundar tashqari davlatimiz rahbari tomonidan ham bir qancha qaror va farmonlari qabul qilindi.
Shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashishda muhim tuzilmalardan biri bo’lmish Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, 2020-yilning 29-iyunida tashkil etildi. Agentlik korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Islohotlarning ijobiy natijasini bugun ushbu yo‘nalishda konseptual ahamiyatga ega normativ huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan ma’muriy islohotlarning amalga oshirilishi, aholining davlat organlariga nisbatan ishonchi ortishi misolida ko‘rish mumkin. Jumladan, pora olish (O‘zbekiston Respublikasi JKning 210-moddasi) korrupsiyaviy jinoyatlar orasidagi eng og‘ir va ijtimoiy xavfliligi yuqori bo‘lgan jinoyatlardan biri bo‘lib, so‘nggi yillarda ushbu jinoyat sonining kamayishiga erishilmoqda. Misol uchun, 2019 yilda 177 ta, 2020 yilda 161 ta, 2021 yilda 91 ta pora olish jinoyati sodir etilgan bo‘lib, pora olish jinoyati oxirgi uch yilda deyarli 50 foizga kamaygan.Yoki bo‘lmasa, joriy yilning o‘tgan 5 oyi davomida 17 ta pora olish jinoyati sodir etilgan bo‘lib, bu o‘tgan 2021 yilning 5 oyiga nisbatan (2021 yilning 5 oyida 57 taga pora olish jinoyati sodir etilgan) 40 taga kam hisoblanadi.
Transparency International xalqaro nodavlat tashkiloti tomonidan Korrupsiyani qabul qilish indeksining 2022- yil natijalari e’lon qilindi.180 ta davlat orasida O‘zbekiston 31 ball bilan 126-o‘rinni egalladi. Ahamiyatlisi, mamlakatimiz ballarini 3 taga oshirib, o‘rnini 14 pog‘onaga yaxshilashga (2021-yilda 140 o‘rin) muvaffaq bo‘ldi. Mamlakatimiz mazkur indeksda so‘nggi 6 yil davomida o‘sish sur'atlarini qayd etayotgan (2017-yilda 22 baldan 2022-yilda 31 ballgacha) davlat sifatida Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasining aksilkorrupsiya islohotlarini tizimli ravishda amalga oshirayotgan davlatlar qatorida qayd etildi.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki davlatimiz tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfatlarini amalga oshirishga yordam berishi so’zsiz.

Amudaryo tumani adliya bo’limi
YuXKM bosh yuriskonsulti S.D.Sultanov