Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o‘lim jazosining ta’qiqlanishi


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Referendumida umumxalq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilindi.
2023-yil 1 may kuni 837 son bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni qabul qilindi. Qonun 11 moddadan iborat. 2-moddasida Konstitutsiyaviy Qonun referendum yakunlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi deb ko‘rsatilgan.
2005-yil 1 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasida O‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risidagi Farmoni qabul qilindi.
Qonunda O‘zbekiston Respublikasi sud-huquq tizimini isloh qilishning eng muhim vazifasi jinoyat, jinoyat-protsessual qonun hujjatlari, jinoiy jazo tizimini izchillik bilan bosqichma-bosqich liberallashtirish hisoblanishi va O‘zbekiston Respublikasida 2008-yilning 1 yanvaridan jinoiy jazo turi sifatida o‘lim jazosi bekor qilinishi va uning o‘rniga umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi joriy etilishi kerakligi haqida ko‘rsatilib o‘tilgan.
Mamlakat mustaqillikka erishgan paytda jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari o‘lim jazosini nazarda tutuvchi 30 dan ortiq moddalardan iborat edi. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yilgi Jinoyat kodeksida bunday moddalar soni 13, 1998 yilda 8, 2001 yilda esa 4 tagacha kamaytirildi. 2003-yilda jinoyat qonunchiligini liberallashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilgandan so‘ng, faqat ikki turdagi jinoyat javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish va terrorizm jinoyatlarini sodir etganlik uchun o‘lim jazosi nazarda tutilgan edi.
Konstitutsiyaning 6-bobi Fuqarolik deb ataladi. 6-bobning 25-moddasida Yashash huquqi har bir insonning ajralmas huquqidir va u qonun bilan muhofaza qilinadi. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir.
O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosi taqiqlanadi deb ko‘rsatilgan.


Nukus shahar Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuristkonsulti A.Seytnazarov