Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Fuqarolik ishlari boʼyicha sudlarda kimlar davlat boji toʼlashdan ozod etiladi


Oʼzbekiston Respublikasining 2020 yil 6 yanvar kuni “Davlat boji toʼgʼrisida”gi OʼRQ-660-son qonuni qabul qilingan.
Ushbu qonunning 8-moddasiga asosan,quyidagilar fuqarolik ishlari boʼyicha sudlarda davlat bojini toʼlashdan ozod qilinadi.
Jumladan:
1) Daʼvogarlar — ish haqini undirish toʼgʼrisidagi daʼvolar va mehnat huquqlari munosabatlaridan kelib chiqadigan boshqa talablar yuzasidan;
2) daʼvogarlar — alimentlar undirish toʼgʼrisidagi daʼvolar yuzasidan;
3) daʼvogarlar — mehnatda mayib boʼlganligi yoki sogʼligʼining boshqacha tarzda shikastlanganligi, shuningdek boquvchisi vafot etganligi tufayli yetkazilgan zararning oʼrnini qoplash toʼgʼrisidagi daʼvolar yuzasidan;
4) daʼvogarlar — qonunga xilof ravishda hukm etganlik, jinoiy javobgarlikka tortganlik, maʼmuriy jazo berganlik tufayli jismoniy shaxsga yetkazilgan zararning oʼrnini qoplash bilan bogʼliq nizolar yuzasidan;
5) daʼvogarlar — jinoyat tufayli yetkazilgan moddiy zararning oʼrnini qoplash toʼgʼrisidagi daʼvolar yuzasidan;
51) daʼvogarlar — tazyiq va zoʼravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga yetkazilgan maʼnaviy va moddiy zararning oʼrnini qoplash toʼgʼrisidagi daʼvolar yuzasidan;
6) yuridik va jismoniy shaxslar — alimentlarni undirishga doir fuqarolik ishlari bilan bogʼliq hujjatlarni ularga berganlik uchun;
7) qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda boshqa shaxslarning qonun bilan muhofaza qilinadigan huquqlari hamda manfaatlari himoya qilinishini soʼrab sudga ariza bilan murojaat etgan yuridik va jismoniy shaxslar;
8) yuridik va jismoniy shaxslar — davlat ijrochisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyatlar yuzasidan;
9) tadbirkorlik subʼektlari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʼliq boʼlgan huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan davlat organlari hamda boshqa organlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda;
10) isteʼmolchilar — oʼz huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi bilan bogʼliq daʼvolar yuzasidan;
11) tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) xavfsiz boʼlishi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlari va isteʼmolchilarning jamoat birlashmalari — isteʼmolchilarning (isteʼmolchilar nomuayyan doirasining) manfaatlarini koʼzlab beriladigan daʼvolar yuzasidan;
12) daʼvogarlar — oʼrmon daraxtlarini oʼzboshimchalik bilan kesish hamda oʼrmondan foydalanish, oʼrmonni qoʼriqlash va muhofaza qilishning tartibi va shartlarini boshqacha tarzda buzish tufayli oʼrmon fondiga yetkazilgan zararni undirish toʼgʼrisidagi ishlar yuzasidan;
13) davlat organlari — oʼzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni buzish toʼgʼrisidagi daʼvolar yuzasidan, shuningdek jismoniy shaxslarga tegishli boʼlgan, tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki oʼzga madaniy qimmatga ega boʼlgan mol-mulkni jismoniy shaxslar bu mol-mulkka xoʼjasizlarcha munosabatda boʼlgan hollarda jismoniy shaxslardan davlat mulkiga olib qoʼyish toʼgʼrisidagi ishlar yuzasidan;
131) Oʼzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʼrsatish vazirligi huzuridagi Koʼp kvartirali uy-joy fondidan foydalanish sohasini nazorat qilish inspektsiyasi va uning hududiy inspektsiyalari — koʼp kvartirali uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish sohasida oʼz zimmasiga yuklatilgan vakolatlarga muvofiq sudlarga koʼrib chiqish uchun kiritiladigan daʼvolar yuzasidan;
14) Oʼzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari — palata aʼzolarining manfaatlarini koʼzlab qilingan daʼvolar boʼyicha, shuningdek davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan qilingan shikoyatlar yuzasidan;
15) nodavlat notijorat tashkilotlari — oʼz huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat organlarining gʼayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilganda;
16) Fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʼyicha respublika kengashi hamda Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʼyicha hududiy kengashlar — fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organlari manfaatlarini koʼzlab qilingan daʼvolar boʼyicha, shuningdek fuqarolar oʼzini oʼzi boshqarish organlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat boshqaruvi organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʼlgan boshqa organlarning, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilganda;
17) nogironligi boʼlgan shaxslarning jamoat birlashmalari, shuningdek ularning muassasalari, oʼquv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari — barcha daʼvolar yuzasidan;
18) Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʼarmasining hududiy boʼlinmalari — pensionerlardan (nafaqa oluvchilardan) ortiqcha (noqonuniy) toʼlangan pensiyalarning va nafaqalarning summalarini undirish bilan bogʼliq daʼvolar yuzasidan;
19) Oʼzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda uning joylardagi organlari — koʼchish joyiga bormagan yoki koʼchib borgan joylarini oʼzboshimchalik bilan tark etgan koʼchirib keltiriluvchilarga nisbatan koʼchish bilan bogʼliq boʼlgan xarajatlarning oʼrnini qoplash toʼgʼrisida taqdim etilgan daʼvolar yuzasidan;
20) Oʼzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʼmitasi va uning joylardagi organlari — atrof-muhitni ifloslantirganlik, tabiatdan oʼzboshimchalik bilan foydalanganlik va tabiiy resurslardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish tartibi va shartlarini boshqacha tarzda buzganlik tufayli tabiiy obʼektlarga va komplekslarga yetkazilgan zararning oʼrnini qoplash haqidagi, shuningdek qattiq maishiy chiqindilarni toʼplash va olib chiqish xizmatlari uchun majburiy toʼlovlar boʼyicha qarzdorlikni undirish toʼgʼrisidagi daʼvolar yuzasidan;
21) Oʼzbekiston Respublikasi Suv xoʼjaligi vazirligi va uning joylardagi organlari — suv toʼgʼrisidagi qonunchilikni buzganlik tufayli davlatga yetkazilgan zararning oʼrnini qoplash uchun mablagʼlarni davlat daromadiga undirish toʼgʼrisidagi daʼvolar yuzasidan;
22) sugʼurta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish organi — majburiy sugʼurta operatsiyalari bilan bogʼliq ishlar yuzasidan;
23) davlat soliq xizmati organlari, moliya va bojxona organlari — barcha ishlar hamda hujjatlar yuzasidan, shuningdek alohida yuritiladigan ishlar boʼyicha sudga arizalar berganlik uchun;
24) ichki ishlar organlari — alimentlar va boshqa toʼlovlarni toʼlashdan boʼyin tovlayotgan shaxslarni qidirish uchun qilingan xarajatlarni undirish toʼgʼrisidagi ishlar yuzasidan;
25) prokuratura organlari — davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini koʼzlab qilingan daʼvolar hamda beriladigan arizalar yuzasidan;
26) adliya organlari — davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini koʼzlab qilingan daʼvolar hamda beriladigan arizalar yuzasidan;
27) undiruvchi yoki davlat ijrochisi — qonunda nazarda tutilgan taqdirda, qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirish boʼyicha xarajatlarning oʼrnini qarzdor tomonidan qoplash toʼgʼrisidagi ishlar yuzasidan;
28) Oʼzbekiston fermer, dehqon xoʼjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermer, dehqon xoʼjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari — fermer, dehqon xoʼjaliklari va tomorqa yer egalarining manfaatlarini koʼzlab qilingan daʼvolar yuzasidan, shuningdek fermer, dehqon xoʼjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat boshqaruvi organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʼlgan boshqa organlarning, fuqarolar oʼzini oʼzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan fermer, dehqon xoʼjaliklari va tomorqa yer egalarining manfaatlarini koʼzlab qilingan shikoyatlar yuzasidan;
29) Oʼzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʼmitasi hamda uning hududiy organlari — oʼz zimmasiga yuklatilgan vakolatlarga muvofiq sudlarga koʼrib chiqish uchun beriladigan daʼvolar va shikoyatlar yuzasidan;
ang.
30) Oʼzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy organlari, Oʼzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Boʼsh turgan obʼektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi hamda uning hududiy organlari — oʼz zimmasiga yuklatilgan vakolatlariga muvofiq sudlarga koʼrib chiqish uchun kiritiladigan daʼvolar va arizalar yuzasidan;
31) Oʼzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va uning hududiy organlari — oʼz zimmasiga yuklatilgan vakolatlariga muvofiq sudlar koʼrib chiqishi uchun kiritiladigan daʼvolar yuzasidan;
32) mulkdorlar — xususiy mulk huquqini amalga oshirish bilan bogʼliq boʼlgan huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʼgʼrisida davlat organlari va boshqa organlarning, fuqarolar oʼzini oʼzi boshqarish organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish haqidagi ishlar yuzasidan;
33) yakka tartibdagi quruvchi bilan shartnomaga koʼra qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʼyicha yakka tartibda uy-joy qurilishi chogʼida zimmasiga buyurtmachi vazifasini bajarish qonunchilikka muvofiq yuklatilgan yuridik shaxs — qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʼyicha yakka tartibda uy-joy qurish masalalari yuzasidan yakka tartibdagi uy-joy quruvchilar bilan nizolarni hal qilish toʼgʼrisidagi daʼvolar boʼyicha;
34) qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʼyicha yakka tartibda uy-joy qurish uchun imtiyozli kreditlar berish qonunchilikka muvofiq qaysi tijorat banklarining zimmasiga yuklatilgan boʼlsa, oʼsha tijorat banklari — qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʼyicha yakka tartibda uy-joy qurish uchun berilgan imtiyozli ipoteka kreditlari yuzasidan qarz oluvchilarning kreditorlik qarzlarini undirish toʼgʼrisidagi daʼvolar boʼyicha;
35) chet el investitsiyalari ishtirokidagi aktsiyadorlik jamiyatlari — ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʼgʼrisidagi daʼvolar yuzasidan;
36) tadbirkorlik subʼektlari — hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʼgʼrisida ariza berganda;
37) Oʼzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʼmitasi huzuridagi Kadastr agentligi, uning joylardagi organlari — yer toʼgʼrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi bilan bogʼliq daʼvolar boʼyicha;
38) Oʼzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti va uning hududiy boshqarmalari — moddiy madaniy meros obʼektlarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni koʼzlab qilingan daʼvolar hamda berilgan arizalar yuzasidan;
39) Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Аgrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasi hamda uning joylardagi organlari — qishloq va suv xoʼjaligi sohasidagi qonunchilikni buzganlik boʼyicha davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini koʼzlab qilingan daʼvolar hamda beriladigan arizalar yuzasidan;
40) Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʼyicha vakil — tadbirkorlik subʼektlari manfaatlarini koʼzlab berilgan daʼvolar, arizalar va shikoyatlar yuzasidan;
41) Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligi, uning joylardagi organlari — yer toʼgʼrisidagi qonunchilik buzilganligi bilan bogʼliq daʼvolar boʼyicha;
42) Oʼzbekiston Respublikasining Hisob palatasi — Oʼzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida berilgan daʼvolar, arizalar va shikoyatlar yuzasidan;
43) Oʼzbekiston Respublikasi Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qoʼmitasi hamda uning hududiy boʼlinmalari — xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida beriladigan arizalar, shikoyatlar va daʼvolar yuzasidan;
44) Oʼzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qoʼllab-quvvatlash davlat jamgʼarmasi — oʼz huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan daʼvolar, arizalar va shikoyatlar bilan sudga murojaat qilganida.

B.Аvazmetov,
Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi
Yuridik xizmat koʼrsatish
markazi boshligʼi