Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Huquqbuzarliklar profilaktikasi


Mamlakatimizda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishni taʼminlash, jamiyatda fuqarolarning huquqiy madaniyatini va huquqiy savodxonligini yuksaltirish, fuqarolarning faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, qonunlarga hurmat va qonun buzilishining har qanday koʼrinishiga murosasizlik munosabatini singdirish davlat siyosatining asosiy yoʼnalishlaridan biri hisoblanadi.
Shu asnoda, yurtimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi amalga oshirishga qaratilgan bir qator qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilindi. Jumladan, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 14-may kungi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʼgʼrisida”gi OʼRQ-371-son qonuni, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-mart kungi «Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi PQ-2833-son qarori hamda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-fevral kungi «Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida» gi PQ-4166-son qarori qabul qilindi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 14-may kungi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʼgʼrisida”gi OʼRQ-371-son qonunning 3-moddasiga asosan, sodir etilganligi uchun maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan aybli gʼayrihuquqiy qilmish (harakat yoki harakatsizlik) huquqbuzarlik deb nomlanadi Mazkur qonunning 5-moddasiga asosan, huquqbuzarliklar profilaktikasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat etib belgilandi:
shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash;
jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonuniylikni mustahkamlash, shuningdek korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;
huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, oʼrganish, bartaraf etish chora-tadbirlarini koʼrish;
huquqbuzarlikdan jabrlanuvchilarni, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil boʼlgan, huquqbuzarlik sodir etgan, shu jumladan ilgari sudlangan va ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish;
jismoniy shaxslarning huquqbuzarlikdan jabrlanuvchiga aylanishi xavfini kamaytirish;
huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda muassasalar faoliyatining oʼzaro hamkorligini taʼminlash va ularning faoliyatini muvofiqlashtirishdan iboratdir.
Mazkur qonunda huquqbuzarliklar profilaktikasining 4 ta asosiy turi belgilandi.
Jumladan, huquqbuzarliklarning umumiy profilaktikasi, huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasi, huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi hamda huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasi.
Ushbu qonun bilan huquqbuzarliklar profilaktikasining har bir turi boʼyicha tegishli chora-tadbirlar hamda ularni amalga oshirish mexanizmlari belgilandi.
Ushbu qonun bilan huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalar tizimi belgilandi:
Unga koʼra, ichki ishlar organlari;
prokuratura organlari;
Davlat xavfsizlik xizmati organlari;
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati organlari;
Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari;
Oʼzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi;
adliya organlari;
davlat bojxona xizmati organlari;
davlat soliq xizmati organlari;
mehnat organlari;
taʼlimni davlat tomonidan boshqarish organlari va taʼlim muassasalari;
davlat sogʼliqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sogʼliqni saqlash muassasalari va Oʼzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʼmitasi organlari.
Xulosa oʼrnida shuni aytish lozimki, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish nafaqat davlat organlarining, balki shu jamiyatning aʼzosi hisoblangan har bir insonning vazifasidir.

Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi
Yuridik xizmat koʼrsatish
markazi bosh yuriskonsulti N.Аbduraxmanova