Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Bola huquqlari toʻgʻrisida konvensiya.


Bola huquqlari toʻgʻrisida konvensiya — bolalar huquqi toʻgʻrisidagi xalqaro huquq normalari kuchiga ega boʻlgan hamda kelajakka qaratilgan eng toʻla va birinchi hujjat. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1989-yil 20 noyabrda bir ovozdan qabul qilingan.
Bola huquqlari – bolaga nisbatan inson huquqlari toifasi, irqi, jinsi, tili, dini, tug‘ilgan joyi, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiyligi, ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, har bir bola ega bo‘lishi kerak bo‘lgan huquq va erkinliklar. Xalqaro huquqda 18 yoshga etmaganlarning barchasi bola deb tan olingan.
Bola huquqlari bo‘yicha xalqaro va milliy darajada ko‘plab maxsus hujjatlar mavjud. Bola huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro darajadagi asosiy hujjat Bola huquqlari to‘g‘risidagi konventsiya hisoblanadi. Konventsiya 54 ta moddadan iborat bo‘lib, Konventsiyaga kiritilgan barcha huquqlar barcha bolalarga nisbatan qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Bola huquqlari to‘g‘risidagi konventsiyani 1992-yil 9-dekabrda ratifikatsiya qildi.
«Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2019-yil 22 apreldagi PQ-4296-sonli qaroriga binoan Ombudsman hozirda o‘z o‘rinbosariga – bolalar huquqlari bo‘yicha vakilga ega.
Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya talablarini har tomonlama hayotga tatbiq etish, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida nazarda tutilgan bolalarning huquqlarini amalda kafolatlash, ularning jismoniy, intellektual, ruhiy va ma’naviy yetuk avlod bo‘lib yetishishini ta’minlash maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida quyidagi vazifalar belgilandi:
- joylarni ular “Mehribonlik” uylariga joylashtirilgan, vasiylik yoki homiylik organining roziligiga ko‘ra vasiylikka yoki homiylikka oluvchi bilan birga yashayotgan butun vaqt mobaynida, o‘n sakkiz yoshga to‘lgunga qadar bronlashtirish huquqi beriladi;
- bolalarning ro‘yxatda turish joyi va fuqaroligidan qat’i nazar, ularga barcha ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatiladi;
- bolalarning davlat organlariga bevosita qilgan murojaatlarini to‘liq ko‘rib chiqish kafolatlanadi va bola to‘liq muomala layoqatiga ega emasligi -vajlari bilan bu turdagi murojaatlarni ko‘rmasdan qoldirishga yo‘l qo‘yilmaydi;
- o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga aliment to‘lash haqida ota-ona o‘rtasida kelishuv bo‘lmaganda yoki aliment ixtiyoriy ravishda to‘lanmaganda va ota-onadan birortasi ham aliment undirish to‘g‘risida sudga murojaat qilmagan hollarda 14 yoshga to‘lgan bola o‘zining ta’minoti uchun ota yoki onadan yoxud ota-onasi bilan birga yashamayotgan bo‘lsa, bir vaqtning o‘zida ota-onaning har ikkalasidan qonunda belgilangan miqdorda aliment undirish to‘g‘risida da’vo qo‘zg‘atishga haqli;
- bolalarni himoya qilish maqsadida sudlarga ariza bilan murojaat qilgan da’vogar davlat boji va boshqa to‘lovlarni to‘lashdan ozod qilinadi.
Mazkur qaror talabidan ko’rinib trubdiki, Mamlakatimizda onalik va bolalikni qo‘llab-quvvatlash, bolalarning ma’naviy va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda desak adashmayamiz.

To’rtko’l tuman аdliya bo’limi
Davlat xizmatlari markazi bo’lim boshlig’i D.Tokimbetov