Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Ellikqal’a tuman adliya boʻlimi 2023-yil 6-oyi davomida amalga oshirilgan ishlari haqida


Ellikqal’a tuman adliya boʻlimi tomonidan 2023-yil 6 oyi davomida quyidagi ishlar amalga oshirildi, tuman adliya boʻlimiga hisobot davrida 135 ta xat va hujjat kelib tushgan va 102 tasi ijro etilgan, fuqarolarning murojaatlari 67 ta, hal etilgan murojaatlar soni 59 ta, qanoatlantirilgan murojaatlar 43 ta, tushuntirish berilganlari 16 tani, shaxsiy va sayyor qabullarda kelib tushgan murojaatlar soni 57 tani tashkil qiladi.
Ellikqal’a tumani adliya boʻlimi tomonidan 9 tashkilotda huquqni qoʻllash amaliyoti yuzasidan 4 ta oʻrganish va 5 ta monitoringlar oʻtkazilib, oʻrganish va monitoringlar davomida 510 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi, shuning natijasida 83 ta huquqiy ta’sir choralar qoʻllanilib, shundan 32 tasi (“Qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida”) taqdimnoma, 34 tasi ogohnoma, 10 tasi ma’muriy bayonnoma, 2 ta jinoiy taklif, 5 tasi da’vo arizalarni tashkil qiladi.
Xodimlarning ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni undirish boʻyicha sudlarga 5 nafar xodimga umumiy miqdori 49 540 000 (qirq toʻqqiz million besh yuz qirq ming) soʻm undirish boʻyicha arizalar kiritilib, qanoatlantirildi.
Tuman adliya boʻlimi tomonidan kiritilgan taqdimnomalarga asosan 26 ta hujjatlar bekor qilindi, 2 ta hujjatning ijrosi toʻxtatildi.
Fuqarolar murojaatlari asosida davlat organlari va tashkilotlariga kiritilgan taqdimnomalarga binoan 32 ta xodim intizomiy javobgarlikka, 9 xodim ma’muriy javobgarlikka tortildi. Hisobot davrida boʻlim tomonidan tuman hokimining 1 qarori va Xalq deputatlari tuman Kengashining 5 qarori huquqiy ekspertizadan oʻtkazildi.
Huquqiy targʻibot boʻyicha 772 ta tadbir, shundan 549 ta ogʻzaki, OAV larda 181 ta, 42 ta koʻrgazmali huquqiy targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.
Davlat organlari va tashkilotlariga yetkazilgan qonun hujjatlar soni 428 tani tashkil etdi.
Ellikqal’a tuman adliya boʻlimi Yuridik xizmat koʻrsatish markazida 4 xodim faoliyat yuritib, tumandagi 122 tashkilotga yuridik xizmat koʻrsatadi, 6 oy davomida 22556 hujjat loyihasi huquqiy ekspertizadan oʻtkazildi, tashkilotlar foydasini koʻzlab 21 talabnoma kiritib, tashkilot foydasiga 744 890 000 soʻm undirildi, iqtisodiy sudga 2 755 000 soʻmlik da’vo kiritildi va toʻliq qanoatlantirildi, tuman Davlat xizmatlari markazida 10 xodim faoliyat yuritib, hisobot davrida jami joyiga chiqqan holda 1333 ta say’yor xizmat, 30941 ta davlat xizmatlari koʻrsatildi,shuningdek 727 nafar tadbirkorlik sub’yektlari, shundan 307 nafar yuridik shaxs, 420 nafar jismoniy shaxs sifatida davlat ruyxatidan oʻtkazildi, tuman FXDYo boʻlimi tomonidan 6 oy davomida 1852 tugʻilish, 598 nikoh, 462 oʻlim fakti va 83 nikohdan ajralish qayd etildi.
Shuningdek Ellikqal’a tuman adliya boʻlimi tomonidan yangi qabul qilinayotgan Qonunlar, Farmonlari, qarorlari yuzasidan hamda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi.

Ellikqal’a tuman adliya
boʻlimi boshligʻi U.Atadjanov