Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

To`rtko`l tumani FHDY bo`limi 2023 yil 6 oy davomida amalga oshirgan ishlar yuzasidan


1.Tug`ilishni qayd etish yuzasidan.
2023 yil 6 oy davomida tuman FHDY bo`limi tomonidan 2252 ta tug`ilish qayd etilgan bo`lib, shundan 1159 ta o`gil bolalar, 1093 tasi qiz bolalarni tashkil qiladi.
Shuningdek, tug`ilishni muddatni o`tkazib qayd etish holatlari 26 ta, topib olingan (tashlab ketilgan) bolalar tug`ilishini qayd qilish 4 ta, o`lik tug`ilgan 21 ta, perinatal o`lim holatlari 8 ta, yolg`iz onadan tug`ilganlar 80 tani tashkil qiladi.
2.Nikohni qayd etish yuzasidan.
Tuman FHDY bo`limi tomonidan 2023 yil 6 oy mobaynida jami 826 ta nikoh qayd etilgan bo`lib, shundan 1 tasi MDH davlatlari fuqarolari bilan, 1 tasi fuqaroligi yo`q shaxslar bilan, 38 ta sayyor ravishda nikohlarni tantanali qayd etilgan.
3.Nikohdan ajralganlikni qayd etish yuzasidan.
Tuman FHDY bo`limi tomonidan 91 ta nikohdan ajralganlik qayd etilgan bo`lib, shundan voyaga etmagan farzandlari bo`lmagan er-xotinlarni ularning o`zaro roziligiga ko`ra FHDY organida 14 ta, er-xotin birinchi nikohda bo`lsa sud qaroriga asosan 73 ta, sodir qilgan jinoyati uchun uch yildan kam bo`lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan shaxs bilan 1 ta hamda 50ta qo`shimcha asosda nikohdan ajralishni qayd etish amalga oshirilgan.
4.O`limni qayd etish yuzasidan
2023 yil 6 oy davomida 535 ta o`lim qayd etilgan bo`lib, bir yoshgacha o`lganlar 24 ta, muddatini o`tkazib o`limi qayd etilganlar 65 ta, sud qarori bilan 1 ta holatda o`limi qayd etilgan.

Shuningdek 176 ta otalikni belgilash qayd etilgan bolib, shundan sud qarori asosida 7 ta, farzandlikka olish 24 ta dalolatnoma yozuvlari rasmiylashtirilgan.
Bundan tashqari fuqarolarning16 yoshdan 18 yoshgacha FIO o`zgartirishlar soni 2 ta, 18 yoshdan oshgan FIO o`zgartirishlar soni 23 tani tashkil etadi.
Dalolatnoma yozuviga o`zgartirish kiritish ariza asosida 59 ta, sud qarori asosida 1 tadan iborat.
5.Undirilgan to`lovlar yuzasidan.
Tuman FHDY bo`limi tomonidan 2023 yil 6 oy davomida 138 328 500 so`m davlat boji, 80 739 000 so`m gerb yig`imi va 56 682 000 so`m pullik hizmat undirilgan.


To`rtko`l tumani Adliya bo`limi
FHDY bo`limi 2-toifali inspektori
Nurullayeva Aruxon Uktam qizi