Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

KORRUPSIYAGA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ


"Korrupsiya"—shaxsning oʻz mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini koʻzlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish”

Odatda mansabdor shaxs tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan, shuningdek, bu bilan bogʻliq rasmiy nufuz maqomidan, imkoniyatlar va aloqalaridan oʻzlarining shaxsiy manfaatlarini koʻzlab qonunchilik va axloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatadi.

Respublikamizda ushbu jinoyatga qarshi kurash sohasida maqsadli siyosat olib borilmoqda. Jumladan, ushbu sohada qonunchilik asoslarini takomillashtirish, davlat organlarining, jamiyatning ochiqligini taʼminlash, axborotlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish borasida ahamiyatli ishlar amalga oshirilmoqda. Darhaqiqat, korrupsiyaga qarshi kurashish va bu sohada samarali chora-tadbirlar ishlab chiqish masalalari davlatimiz rahbariyatining diqqat markazidadir.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish

Davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish

Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari quyidagilardan iborat:

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni qonunchilikka muvofiq boshqa davlat organlari ham amalga oshiradi.

Davlat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bugungi kunda faqatgina targʻibot ishlari, davra suhbatlari va boshqa turdagi xabardorlikni oshiruvchi vositalar sifatida emas, balki izchil tizimli nazorat olib boruvchi mexanizmga aylanib bormoqda. Bu tizimning oʻziga xos samarasi Adliya vazirligi faoliyatida yaqqod koʻzga tashlanmoqda.

Adliya vazirligida korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi boʻyicha 2019-yilda ish boshlanib, 3 fazada amalga oshirildi. 2020-yilning fevral-aprel oylarida toʻliq joriy qilindi va uning asosiy elementlari sifatida quyidagilar belgilandi:

– adliya organlari va muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining asosini tashkil etuvchi ichki hujjatlar

– Yuqoridan quyiga munosabat;

– korrupsiyaviy xavf-xatarni aniqlash va baholash;

– korrupsiyaga qarshi kurashish uchun masʼul shaxslar va boʻlinma;

– aniqlangan korrupsiyaviy xavf-xatarni minimallashtiruvchi korrupsiyaga qarshi kurashish choralari;

– axborotlashtirish, kommunikatsiya va maslahat berish;

– monitoring, nazorat va hisobdorlik;

– huquqbuzarliklarga nisbatan munosabat bildirish va aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish.

Mazkur elementlar bir-biri bilan oʻzaro bogʻliqlikni yoʻqotmagan holda Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimining doimiy ish faoliyatini taʼminlamoqda.Shuningdek, adliya organlari va muassasalari korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini quyidagi tamoyillarga asoslanib amalga oshirishi belgilanib olindi:Qonuniylik, yaʼni adliya organlari va muassasalari korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari, davlat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha jahonda tan olingan amaliyotni hisobga olgan holda hamda Vazirlik tizimining belgilangan ichki hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.Korrupsiyaga toqatsizlik, yaʼni adliya organlari va muassasalari oʻz faoliyatining barcha sohalarida korrupsiyaning har qanday shakllari va koʻrinishlariga murosasiz munosabatda boʻladi.  Adliya organlari va muassasalarining xodimlariga korrupsiyaviy xavf-xatar kelib chiqishi mumkin boʻlgan faoliyatda bevosita yoki bilvosita ishtirok etish taqiqlanadi. Ochiqlik va shaffoflik, yaʼni vazirlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilingan va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida adliya organlari xodimlari va kontragentlarini, keng jamoatchilikni xabardor qilish.Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning preventivligi, tizimliligi va oʻzaro bogʻliqligi, yaʼni adliya organlari va muassasalari korrupsiyaviy hatti-harakatlar sodir etilishiga va korrupsiyaviy xavf-xatarlarga koʻmaklashuvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan preventiv chora-tadbirlarni amalga oshirishga ustuvor ahamiyat beradi. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va tartib-taomillar aniqlangan xavf-xatarlar darajasiga muvofiq keladi hamda adliya organlarining barcha funksiyalari va yoʻnalishlariga integratsiya qilingan korrupsiyaga qarshi kurashish tizimiga birlashtirilgan. Korrupsiya bilan bogʻliq huquqbuzarliklar uchun javobgarlikning muqarrarligi, yaʼni korrupsiya bilan bogʻliq huquqbuzarliklarni sodir etgan vazirlik tizimi xodimlari oʻzining maqomi va egallab turgan lavozimidan qatʼiy nazar vazirlikning ichki hujjatlari va amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi. Texnika taraqqiyotining yutuqlaridan foydalanish, yaʼni adliya organlari va muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yaratishda ilm-fan taraqqiyotining soʻnggi yutuqlaridan, shu jumladan, integratsiyalashtirilgan axborot tizimlaridan foydalanishga intiladi. Toʻgʻridan-toʻgʻri rahbariyatga murojaat qilish, yaʼni vazirlik tizimining har bir xodimi korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilganligini toʻgʻrisida ishonchli va asosli maʼlumotlar mavjud boʻlganda belgilangan choralarni koʻrish uchun toʻsqinliksiz idora rahbari va adliya vaziriga murojaat qilishi mumkin.

To'rtkul tumani adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazi bo'lim boshligi Tojiev Davranbek Durdibaevich