Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Yuridik xizmatlar bilan bogʼliq normativ hujjatlar


Taʼkidlash kerakki, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2021-yil 29-iyun kuni Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʼrsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisidagi PQ-5168-son qarori qabul qilindi. Ushbu qarorning 4-Ilovasi bilan Yuridik xizmat koʼrsatish markazlari toʼgʼrisida Nizom tasdiqlandi.
Ushbu Nizomga asosan, 2021-yil 1-oktabrdan boshlab Qoraqalpogʼiston Respublikasi Аdliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzurida yuridik xizmat koʼrsatish markazlarini (keyingi oʼrinlarda — Markazlar) respublikaning barcha tuman (shahar)larida tashkil etildi.
Shuningdek, mazkur Nizomning 5-bandiga koʼra, Markazlar tomonidan davlat tashkilotlariga yuridik xizmat koʼrsatish «E-huquqshunos» elektron tizimidan foydalangan holda amalga oshirilishi belgilandi.
Shu bilan bir qatorda, ushbu Nizomning 6-bandiga koʼra, Markazlar tomonidan yuridik xizmat koʼrsatilishi belgilangan tashkilotlar tomonidan Markazlar bilan kelishilmagan holda yuridik tusdagi hujjatlar qabul qilinishiga yoʼl qoʼyilmaydi, bundan maʼmuriy javobgarlik va maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʼgʼrisidagi, fuqarolik-protsessual, jinoyat-protsessual, jinoyat-ijroiya, iqtisodiy protsessual qonunchilikka muvofiq qabul qilinadigan hujjatlar mustasno. Bunday hujjatlar yuridik kuchga ega emas hamda ular qabul qilingan paytdan eʼtiboran hech qanday huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmasligi belgilandi.
Ushbu Nizomning 2-bobi, 13-bandiga asosan markazlarning asosiy vazifalari belgilandi.
Unga koʼra yuridik xizmat koʼrsatiladigan tashkilotlarning faoliyatini huquqiy jihatdan taʼminlash;
yuridik xizmat koʼrsatiladigan tashkilotlarga sifatli va malakali yuridik yordam koʼrsatish;
yuridik xizmat koʼrsatiladigan tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish;
yuridik xizmat koʼrsatiladigan tashkilotlarning mulkiy hamda boshqa huquq va qonuniy manfaatlari oʼz vaqtida, har tomonlama va samarali himoya qilish;
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning loyihalaridagi korruptsiyaviy omillarni bartaraf etishga koʼmaklashish.
Ushbu qarorga asosan, 2021-yil 1-oktabrdan boshlab quyidagi davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʼrsatila boshlandi:
Moliya boʼlimi, Xalq taʼlimi boʼlimi, Maktabgacha taʼlim boʼlimi, Madaniyat boʼlimi, Tibbiyot birlashmasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat va jamoat salomatligi boʼlimi, Davlat oʼrmon xoʼjaligi, Byudjetdan tashqari pensiya jamgʼarmasi boʼlimi, Obodonlashtirish boshqarmasi, Irrigatsiya boʼlimi, Qurilish boʼlimi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʼlimi, Mahalla va nuroniylarni qoʼllab-quvvatlash boʼlimi, Oila va xotin-qizlar boʼlimi, Аholi bandligiga koʼmaklashish markazi, Davlat soliq inspeksiyasi, Qishloq xoʼjaligi boʼlimi, Turizm va madaniy meros boʼlimi va Yoshlar ishlari agentligi boʼlimlariga yuridik xizmat koʼrsatila boshlandi.
Shu bilan bir qatorda, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-mart kuni Yuridik xizmat koʼrsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisidagi PQ-173-son qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorning 2-bandiga koʼra, 2022-yil 1-avgustdan boshlab bosqichma-bosqich Markazlar tomonidan Respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat bilan taʼminlanmagan davlat organlari va tashkilotlarining quyidagi tuman (shahar) boʼlinmalariga jumladan,
mahalla va nuroniylarni qoʼllab-quvvatlash boʼlimi;
qishloq xoʼjaligi boʼlimi;
turizm va madaniy meros boʼlimi;
sportni rivojlantirish boʼlimi;
oila va xotin-qizlar boʼlimi;
davlat soliq inspektsiyasi;
aholi bandligiga koʼmaklashish markazi;
davlat umumiy oʼrta taʼlim maktablari;
davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
davlat koʼp tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalariga yuridik xizmat koʼrsatilishi belgiland
Xulosa oʼrnida aytganda, ayni kunda tuman adliya boʼlimi Yuridik xizmat koʼrsatish markazi tomonidan 120 dan ziyod tumandagi davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan yuridik tusga ega hujjatlarning puxta va sifatli boʼlishini taʼminlash, shuningdek nizolar yuzasidan sudlar ularning manfaatlarini ishonchli himoya qilish borasida yuridik xizmat koʼrsatib kelinmoqda.


Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi
bosh yuriskonsulti N.Аbduraxmanova