Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

ER - XOTINNING SHAXSIY HUQUQ VA MAJBURIYATLARI


Maqolamiz avvalida sarlavhamizni o‘qiboq har bir muxlisimizda o‘rinli “Er-xotin, deb kimni aytadi o‘zi?” degan savoliga javob beramiz: Nikoh FHDYO organida ro‘yxatga olingan paytdan boshlab, nikohni tuzganlar er-xotin deb hisoblanadilar va ular o‘rtasida er-xotinlik huquq va majburiyatlari vujudga keladi. Shar’iy nikoh qonunlarimizda belgilanmagan.
Er va xotin oilada teng huquqlardan foydalanadilar va ular teng majburiyatlarga egadirlar. Er ham, xotin ham oila oldida o‘z haq-huquqi va majburiyatiga ega. Nega deganda oila muqaddas qo‘rg‘on, u jamiyatning negizi sanaladi. Eng muhimi oila tinch bo‘lsa, bu jamiyat tinch degani, oila mustahkam bo‘lsa, jamiyat mustahkam! Shu sababli ham O‘zbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 4-bobida Er-xotinning shaxsiy huquq va majburiyatlari aniq va tiniq belgilab qo‘yilgan. Kodeksning 18-moddasida oila qurgach er-xotin huquq va majburiyatlarining vujudga kelishi qonuniy belgilangan. Yuqorida qayd qilganimizdek, oila qonunlar bilan muhofaza qilinishi uchun ham nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida ro‘yxatga olingan paytdan boshlab, nikohni tuzganlar er-xotin deb hisoblanadilar va shu paytdan e’tiboran ular o‘rtasida er-xotinlik huquq va majburiyatlari vujudga keladi.
Oila Kodeksining 19-moddasida oilada er va xotinning teng huquqliligi alohida belgilangan. “Er va xotin oilada teng huquqlardan foydalanadilar va ular teng majburiyatlarga egadirlar”, deya belgilab qo‘yilgan.
Oilada er va xotinning teng huquqlidir, ya’ni er va xotin oilada teng huquqlardan foydalanadilar va ular teng majburiyatlarga ega. Nikoh tuzish vaqtida er va xotin o‘z xohishi bilan eri yoki xotinining familiyasini umumiy familiya qilib tanlashi yoki ularning har biri nikohgacha bo‘lgan o‘z familiyasini saqlab qolishi, er va xotindan birining o‘z familiyasini o‘zgartirishi boshqasining ham familiyasi o‘zgarishiga olib kelmasligi, bolalar tarbiyasi va oilaviy turmushning boshqa masalalarini er va xotin birgalikda hal qilishi, er va xotinning har biri mashg‘ulot turi, kasb va turish hamda yashash joyini tanlashda erkliligining Oila Kodeksida belgilanganligi o‘z navbatida er-xotinning shaxsiy huquq va majburiyatlari majmuasini tashkil qiladi.

KURBANOVA Dano Kasimovna,
Beruniy tumani FHDY bo‘limi 2 - toifali inspektori.