Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Аyrim mehnatga oid munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning oʼziga xos xususiyatlari


Maʼlumki, 2022-yil 28-oktabr kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan «Oʼzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash toʼgʼrisida»gi OʼRQ-798-sonli Qonuni imzoladi.
Unga koʼra, 2023-yil 30-aprel kungi yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi rasman kuchga kirdi.
Yangi tahrirda qabul qilingan Mehnat kodeksi 2 qism, 7 boʼlim, 34 ta bob va 581 moddani oʼz ichiga olgan.
Shuni ham aytib oʼtish joyizki, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida mehnatga oid munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishga qaratilgan bir qator yangi normalar oʼrin olgan.
Yangi Mehnat kodeksiga asosan xodimni ishga qabul qilish jarayonida ish beruvchi uchun xodimga dastlabki sinov muddatini belgilash nima uchun zarur?.
Mufassalroq qilib tushuntiradigan boʼlsak, dastlabki sinov muddatini belgilash, tayinlanayotgan lavozim boʼyicha, xodimni sinob koʼrish uchun ish beruvchi uchun qulay boʼlgan ishga qabul qilish shartlaridan biri hisoblanadi.
Yangi Mehnat kodeksida ham eski tahrirdagi Mehnat kodeksidagi kabi dastlabki sinov muddatlarini belgilash bilan bogʼliq bir qator huquqiy normalar oʼrin olgan.
Biroq,yangi Mehnat kodeksida eskisidan bir qator farqli jihatlari ham mavjud.
Xususan, yangi Mehnat kodeksida xodimni ishga qabul qilish chogʼida dastlbki sinov muddatlarini belgilovchi 129,130,131 hamda 132-moddalardan iborat maxsus 4ta huquqiy norma belgilangan.
Biroq, Mehnat kodeksining 129-moddasiga asosan, ayrim toifa xodimlarni ishga qabul qilish jarayonida, dastlabki sinov belgilanmasligi ham koʼrsatib oʼtilgan.
Unga koʼra,quyidagilarni ishga qabul qilishda dastlabki sinov belgilanmaydi:
Xususan,uch yoshga toʼlmagan bolani yolgʼiz oʼzi tarbiyalayotgan ota(vasiy);
-davlat grantlari asosida oʼqigan va oliy taʼlim tashkilotini tamomlagan kundan eʼtiboran uch oy ichida yoʼllanma boʼyicha olingan mutaxassisligi doir ishga kirayotgan oliy taʼlim tashkilotlarini bitiruvchilari;
-tegishli taʼlim tashkilotlarini tamomlagan kundan eʼtiboran bir yil ichida birinchi marta ishga kirayotgan olingan mutaxassisligi boʼyicha mustaqil ravishda ishga joylashgan umum oʼrta,oʼrta maxsus,professional va oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchilari;
-oʼn sakkiz yoshga toʼlmagan shaxslarga;
-ishga qaytadan qabul qilingan taqdirda ish beruvchi ilgari qaysi xodimlar bilan mehnat shartnomasini alohida asoslar bilan bekor qilgan boʼoʼlsa,oʼsha shaxslar,
-ishlab chiqarishda oʼqitish shartnomasi boʼyicha ushbu ish beruvchida oʼqishni oʼtagan oʼquvchilar,
-jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida va ish beruvchining ichki tartib hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xodimlar kirishi belgilangan.
Yangi Mehnat kodeksiga koʼra, mehnat shartnomasi rekvizitlari deganda nimalar nazarda tutiladi?
Etibor beradigan boʼlsak, mazkur kodeksning 107-moddasiga asosan, mehnat shartnomasida quyidagi rekvizitlar koʼrsatilishi belgilangan.
Unga koʼra, xodimning familiyasi, ismi va otasining ismi;
shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar toʼgʼrisidagi maʼlumotlar;
yashash yoki turgan joyining manzili va u bilan bogʼlanishga doir maʼlumotlar;
soliq toʼlovchining identifikatsiya raqami;
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (mavjud boʼlganda);
shaxsiy jamgʼarib boriladigan pensiya hisobvaragʼi raqami.
Mehnat shartnomasining muddatlarining davomiyligi qancha muddatni tashkil qiladi?
Yangi Mehnat kodeksining 110-moddasi mehnat shartnomalarining muddatlariga qaratilgan.
Unga koʼra, Mehnat kodeksning 110-moddasiga muvofiq, mehnat shartnomasi quyidagi muddatlarga ya`ni nomuayyan muddatga va uch yildan koʼp boʼlmagan muayyan muddatga (muddatli mehnat shartnomasi) tuzilishi mumkin.
Аgar mehnat shartnomasida uning amal qilish muddati shartlashilmagan boʼlsa, shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan deb hisoblanadi.
Yangi Mehnat kodeksiga asosan, muddatli mehnat shartnomasini tuzish tartiblari qanday?
Yangi Mehnat kodeksining 112-moddasi xodim bilan muddatli mehnat shartnomasi tuziladigan hollarga bagʼishlangan.
Unga koʼra, muddatli mehnat shartnomasi quyidagi hollarda tuzishga yoʼl qoʼyilishi belgilangan.
Jumladan:
-mehnat toʼgʼrisidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, mehnat shartnomasiga muvofiq ish joyi oʼzida saqlanib qoladigan, yoʼq boʼlgan xodimning majburiyatlarini bajarish vaqti uchun;
-vaqtinchalik (ikki oygacha) ishlarni bajarish vaqti uchun;
-tabiiy sharoitlar tufayli ish faqat muayyan davr (mavsum) ichida amalga oshirilishi mumkin boʼlganda mavsumiy ishlarni bajarish uchun;
-ish beruvchining odatdagi faoliyati doirasidan tashqariga chiqadigan ishlarni (rekonstruktsiya qilish, montaj qilish, ishga tushirish-sozlash ishlari va boshqa ishlar), shuningdek ishlab chiqarishni yoki ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmini oldindan maʼlum boʼlgan vaqtinchalik (bir yilgacha) kengaytirish bilan bogʼliq ishlarni bajarish uchun;
-taʼsis hujjatlariga binoan oldindan belgilangan muddatga tashkil etilgan tashkilotlarga ishga kirayotgan shaxslar bilan;
-ishning tamomlanishi aniq sana bilan belgilanishi mumkin boʼlmagan hollarda muddatli xususiyatga ega boʼlgan, oldindan belgilangan ishlarni bajarish uchun qabul qilinadigan shaxslar bilan;
-ishlab chiqarishda oʼqitish shartnomasi bilan bevosita bogʼliq boʼlgan ishlarni bajarish, haq toʼlanadigan ishlab chiqarish amaliyotini yoki stajirovkani oʼtash uchun;
-mehnat organlari tomonidan vaqtinchalik xususiyatga ega boʼlgan ishlarga yoki haq toʼlanadigan jamoat ishlariga yuborilgan shaxslar bilan;
-muqobil xizmatni oʼtash uchun yuborilgan fuqarolar bilan;
-Oʼzbekiston Respublikasiga uning hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qonuniy ravishda kirib kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʼlmagan shaxslar bilan tuziladi.
Muddatli mehnat shartnomasi ushbu Kodeksga yoki boshqa qonunga muvofiq oʼzga hollarda ham tuzilishi mumkin.

B.Аvazmetov,
Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi boshligʼi