Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Avtomobilda xalqaro tashuv uchun ruxsatnoma berish tartibi belgilandi.


2023 yil 7-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishning ruxsatnoma tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 277-son qarori bilan Avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash kvotasini belgilash, taqsimlash, berish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizom qabul qilindi. Ushbu Nizomning amal qilishi milliy va xorijiy tashuvchilarga tatbiq etiladi.
Nizomga ko‘ra, ruxsatnomalarda avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashish turlari (ikki tomonlama, tranzit yoki uchinchi davlatga/dan tashish) va ulardan foydalanish shartlari ko‘rsatiladi.
Xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni olish uchun arizani O’zbekiston Respublikasining vakolatli organiga milliy tashuvchi o‘zining ERIsi bilan tasdiqlagan holda “E-avto ruxsatnoma” AAT orqali takdim etadi va ariza olingan kundan 1 ish kunida ko‘rib chiqiladi.
Har bir beriladigan horijiy/ko’p tomonlama ruxsatnoma uchun ruhsatnoma berish sanasida O’zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining to’rtdan biri miqdorida yig’im undiriladi.
Ruxsatnomani berish yoki berishni rad etish “E-avto ruxsatnoma” AATda avtomatik tarzda amalga oshiriladi.
Ruxsatnomalar quyidagi asosiy turlarga bo‘linadi:
• ikki tomonlama yuk tashish uchun;
• tranzit yuk tashish uchun;
• uchinchi davlatga/dan yuk tashish uchun;
• ikki tomonlama/tranzit yuk tashish uchun;
• ikki tomonlama qatnovlarda yo‘lovchilarni nomuntazam tashish uchun;
• tranzit qatnovlarda yo‘lovchilarni nomuntazam tashish uchun;
• ikki tomonlama/tranzit qatnovlarda yo‘lovchilarni nomuntazam tashish uchun.
Milliy tashuvchi xorijiy/ko‘p tomonlama Ruxsatnomalar berilgan kundan boshlab 90 kalendar kun ichida vakolatli organga qaytarish sharti bilan tashuvchilarga berilish va “E-avto ruxsatnoma” AATda avtomatik tarzda ushbu tashuvchiga kelgusi choraklar hisobidan berilishi mumkun bo’lgan taqsimlangan xorijiy/ko’p tomonlama ruxsatnomalar soni har bir ishlatilmasdan qaytarilgan ruxsatnomalar soniga kamaytirilishi belgilangan.
Milliy tashuvchi tomonidan unga berilgan xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni yoki ular bo‘yicha huquqlar uchinchi shaxslarga berilganligi aniqlangan taqdirda, “E-avto ruxsatnoma” AATda avtomatik tarzda ushbu tashuvchiga uch oy muddatga, yil davomida qayta aniqlansa olti oy muddatga barcha xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalar berilishi to‘xtatiladi.

To‘rtko‘l tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuristkonsulti Allabergenov Davranbek Allabergenovich