Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta`til muddatlari tasdiqlandii


O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 501-moddasida pedagog xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari sifatida pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta’tilining davomiyligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda belgilanishi nazarda tutilgan.
Shunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda 2023-yil 26-iyun sanasida “pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili davomiyligi me’yorlarini belgilash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” 263-son qarorini qabul qildi.
Mazkur qaror ilovasiga muvofiq pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili davomiyligi quyidagi tartiblarda belgilandi:
Umumiy turdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari
-Direktor 42 kalendar kun;
-O‘qituvchi, o‘qituvchi-logoped, o‘qituvchi-defektolog 56 kalendar kun;
-Tarbiyachi, tarbiyachi-metodist, musiqa rahbari, psixolog 42 kalendar kun;
-Jismoniy tarbiya yo‘riqchisi, xoreograf, suzish bo‘yicha yo‘riqchi, tarbiyachi yordamchisi 27 kalendar kun;
Boshlang‘ich, umumiy o‘rta ta’lim maktablar va maktab-internatlar, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari, Respublika o‘quv-tarbiya muassasalari
-Direktor, ijrochi direktor, uning o‘rinbosarlari (ma’muriy-xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, xo‘jalik mudiridan tashqari), direktor maslahatchisi, maktab maslahatchisi 56 kalendar kun;
-O‘qituvchi, o‘qituvchi-logoped, o‘qituvchi-defektolog, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tarbiyachisi va katta tarbiyachisi 56 kalendar kun;
-Katta tarbiyachi, tarbiyachi, kuni uzaytirilgan guruh tarbiyachisi, tungi tarbiyachi, navbatchi tarbiyachi, tarbiyachi yordamchisi, psixolog, ijodiy-madaniy ishlar bo‘yicha targ‘ibotchi, eshitish xonasi yo‘riqchisi, to‘garak rahbari, musiqa rahbari, ta’lim ustasi 42 kalendar kun.
Mazkur qaror bilan, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirishi belgilab qo`yildi.


To`rtko`l tuman adliya bo`limi
Yuridik xizmat ko`rsatish markazi
bosh yuriskonsulti J.Ismoilov