Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalari topshirildi


Oila biz uchun qodirli maskan. Oilada farzandning tug`ilishi, ota-ona bo`lish baxtiga muyassar bo`lish-bu inson umridagi unutilmas lahzalardir. Inson umridagi birinchi hujjati-tug`ilganlik haqidagi guvohnoma, farzandning tug`ilganligini tasdiqlovchi birdan-bir hujjat bo`lib hisoblanadi.
Lekin tilakga qarshi o`z vaqtida farzandlariga tug`ilganlik haqida guvohnoma olmagan oilalar ham bor. Fuqarolik holati dalolatnomalarni yozish bo`limi, Bolalarni himoya qilish sho`basi va Maktabgacha va maktab ta`limi bo`limi bilan birgalikda tegishli hujjatlar tayyorlanib ayrim sabablar tufayli tug`ilishi qayd etilmagan bolalarning tug`ilganligi qayd etildi. To`rtko`l tumani OFYda yashovshi 2016-yilda tug`ilgan Sevinch Baxtiyar qizi va Dilnurbek Xasanbay o`g`liga hamda 2017-yilda tug`ilgan Dilmurat Gurbanmurat o`g`lining tug`ilganlik haqidagi guvohnomalari tantanali ravishta sovg`alar bilan birgalikda topshirildi.
Bu o`z navbatida maktab yoshiga kelib qolgan farzandlar uchun katta sovg`a bo`ldi.


To`rtko`l tumani FHDY bo`limi mudirasi T.Musayeva