Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Konstitutsiyaning yangi tahriri mazmun-mohiyati


Konstitutsiya har bir davlat taraqqiyotining poydevori bo‘lgan huquqiy, siyosiy va mafkuraviy hujjat – mamlakatning Asosiy qonuni hisoblanadi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar insonning sha’ni, qadr-qimmati, huquq va erkinliklari bundan buyon barcha sohalarda ustuvor ahamiyat kasb etishini qat’iy qoidaga aylantirish, bir so‘z bilan aytganda, “Inson qadri uchun” g‘oyasini hamda bugungi islohotlarning bosh tamoyili bo‘lgan “Inson – jamiyat – davlat” degan yondashuvlar asosida amalga oshirilmoqda.
Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023 yil 30 aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilinib, joriy yilning 1-may sanasidan kuchga kirdi.
Ushbu Konstitutsiyamizning matni olim-u mutaxassislar tomonidan faqat kabinetlarda yaratilmadi. Balki, dastavval ikki bosqichda xalqimizning fikri, takliflari o‘rganildi, shundan so‘nggina Konstitutsiya loyihasi tayyorlandi. Avvallari esa Konstitutsiya qabul qilishda dastlab loyiha ishlab chiqilib, keyin xalq muhokamasiga qo‘yilardi.
Konstitutsiya loyihasi referendumga chiqarilishidan oldin
loyiha jamoatchilikning keng qatlamlari tomonidan muhokamadan
o‘tkazilib, buning natijasida 220 mingdan ortiq takliflar kelib tushgan. Bunday muhokama mamlakatimiz tarixida hech qachon bo‘lmagan.
Konstitutsiyaviy qonun loyihasi ushbu takliflar asosida shakllangib, ushbu Konstitutsiyani tom ma’noda “Xalq Konstitutsiyasi” deb aytish mumkin. Zero, Konstitutsiya loyihasi fuqarolardan kelib tushgan
220 mingdan ortiq takliflar asosida shakllantirildi.
Konstitutsiya ham mazmunan, ham shaklan mutlaqo yangi Konstitutsiya bo‘lmoqda. Konstitutsiyaning moddalari 128 tadan 155 taga ko‘payib, normalari 275 tadan 434 taga, ya’ni 65 foizdan ko‘proqqa oshdi.
Konstitutsiyada O‘zbekiston – suveren, demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlat ekani qat’iy belgilab qo‘yilmoqda.
Konstitutsiyada kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, ishsizlikdan himoya qilish bo‘yicha, umuman davlatning ijtimoiy sohadagi majburiyatlari bilan bog‘liq Konstitutsiyadagi normalar
3 barobar ko‘paytirildi.
Xususan, Konstitutsiyada har kimning uy-joyli bo‘lish huquqi belgilandi. Ushbu normaning amal qilishi har bir fuqaro, jumladan, yosh oilalarning o‘z boshpanasiga ega bo‘lishini ta’minlab, kishilarning hayotdan rozilik darajasini oshiradi.
Shu bois yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 47-moddasida “Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi qonunda belgilanadi”, degan yangi insonparvar norma mustahkamlandi.
Bundan tashqari, hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligi, uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda (bozor qiymatida) qoplanishi ta’minlanishi kafolatlandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi
adliya vazirining birinchi o‘rinbosari E.Tursunov