Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

BOLA HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDA


Bolalar – bizning kelajagimiz, naslimiz davomchilaridir. Bolalarimizni sog‘lom, bilimli qilib qilib tarbiyalash biz uchun farzdir. Bolalarimizning huquqlarini har tomonlama himoya qilish uchun 2008-yil 7-yanvar kuni Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi.
Qonunning maqsadi bola huquqlarining kafolatlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.
Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar ko‘rsatilib o‘tilgan:
bola deganimiz — o‘n sakkiz yoshga to‘lgunga qadar bo‘lgan shaxs
bolaning qonuniy vakillari — ota-onalar, farzandlikka oluvchilar, vasiylar, homiylar;
vasiylik va homiylik — ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ularga ta’minot, tarbiya hamda ta’lim berish, shuningdek ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida joylashtirishning huquqiy shakli. Vasiylik o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan, homiylik esa o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan belgilanadi;
yetim bola — otasi ham, onasi ham vafot etgan yoki ular sud qaroriga binoan vafot etgan deb e’lon qilingan bola;
jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bola — nogironlikni belgilash uchun yetarli bo‘lmagan jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) va (yoki) ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bola;
ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar — yuzaga kelgan holatlar sababli og‘ir turmush sharoitida qolgan, davlat va jamiyat tomonidan alohida himoya qilishga hamda qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bolalar, shu jumladan:
nogironligi bo‘lgan bolalar;
jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar;
yetim bolalar;
ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar;
ixtisoslashtirilgan bolalar muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalar;
muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan bolalar;
kam ta’minlangan oilalardagi bolalar;
jinoiy javobgarlikka tortilgan va jazoni ijro etish muassasalarida turgan bolalar;
zo‘ravonlik va ekspluatatsiya, qurolli mojarolar va tabiiy ofatlar natijasida jabrlangan bolalar;
nogironligi bo‘lgan bolalar (bola) — barqaror jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari mavjudligi oqibatida hayot faoliyati cheklanganligi munosabati bilan davlat va jamiyat tomonidan ijtimoiy yordam ko‘rsatilishiga hamda o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishiga muhtoj bo‘lgan bolalar (bola);
ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxslar — qonunda belgilangan tartibda bolaga nisbatan ota-onalik huquqini amalga oshiruvchi va ota-onalik majburiyatlarini bajaruvchi, lekin bolaning ota-onasi bo‘lmagan shaxslar (farzandlikka oluvchilar, vasiylar va homiylar);
ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola — har qanday sababga ko‘ra ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola, bundan yetim bola mustasno.



Nukus shahar Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti A.Seytnazarov.