Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Apostil - davlat xizmati ko'rsatish tartibi qanday ?


Rasmiy hujjatlarga apostil qo'yish bo'yicha davlat xizmati ko'rsatish takomillashtirildi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrda “Rasmiy hujjatlarga apostil qo'yish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 732-son qarori qabul qilingan edi. Ushbu qaror bilan rasmiy hujjatlarga apostil qo'yish bo'yicha davlat xizmati ko'rsatishning ma'muriy reglamenti tasdiqlangan.
Unga ko'ra, rasmiy hujjatga apostil qo'yish, murojaat etuvchining o'z xohishiga ko'ra, an’anaviy yoki elektron tarzda amalga oshiriladi.
Murojaat etuvchi davlat xizmatini olish uchun davlat xizmatlari markaziga o'zi kelib yoki YaIDXPda (my.gov.uz) ro'yxatdan o'tgan holda elektron tarzda murojaat etadi. So'rovnoma to'ldirilib, uni ko'rib chiqish uchun tegishlicha yig'im undiriladi: ta'lim va fan sohasi tashkilotlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlar, adliya organlari va muassasalaridan hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlar bo'yicha – BHMning 20 foizi miqdorida, boshqa hujjatlar bo'yicha – BHMning 10 foizi miqdorida. YaIDXP orqali murojaat etilganda, yig'im summasining 90 foizi undiriladi.
So'rovnoma rasmiy hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 2 ish kuni ichida ko'rib chiqiladi. Quyidagilarga apostil qo'yilmaydi:
- chet elda O'zbekistonning diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan sodir etilgan rasmiy hujjatlarga;
- tijorat yoki bojxona operatsiyalariga to'g'ridan-to'g'ri aloqador bo'lgan rasmiy hujjatlarga;
- O'zbekiston fuqarolik pasportiga, identifikatsiya ID-kartasiga, harbiy biletga.
Rasmiy hujjatga apostil qo'yish bilan bog'liq barcha jarayonlar «E-App» va «E-register» dasturlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Shuningdek, quyidagi hollarda apostil qo'yish rad etiladi:
- rasmiy hujjatda zarur rekvizitlarning hech bo'lmaganda biri mavjud bo'lmasa yoki mansabdor shaxslarning imzolari hamda muhr, shtamplarning haqiqiy emasligi aniqlansa;
- rasmiy hujjatni imzolagan mansabdor shaxs uni imzolash vakolatiga ega bo'lmasa.

R.Komekbaev
Qonlikul tumani adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti