Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Ish beruvchining aybi bilan mehnat qilish imkoniyatidan g`ayriqonuniy ravishda mahrum etilgan xodimga ish haqlari undirib berildi


Beruniy tumani adliya bo‘limiga fuqaro S.K. murojaat qilib, Beruniy tumani sport maktabida metodist lavozimida ishlab yurganida, ish beruvchi tomonidan uning roziligisiz ish stavkasi kamaytirilganligini bildirib, ish stavkasini tiklashga amaliy yordam berishni so`radi.
Murojaatni o`rganish davomida Beruniy tumani sport maktabi direktori tomonidan xodim S.K.ning 1 stavka metodist lavozimi uning roziligisiz oldin 0,75 stavkaga, keyinchalik esa 0,5 stavkaga kamaytirilganligi, bu bilan xodim 15 500 529 so’m ish haqidan g`ayriqonuniy ravishda mahrum bo`lganligi aniqlandi.
2023-yilning 30-aprel kuniga qadar amalda bo`lgan O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 187-moddasida o`z mehnat vazifalarini bajarishi munosabati bilan yoki mehnat qilish imkoniyatidan g`ayriqonuniy ravishda mahrum etilganligi natijasida xodimga yetkazilgan har qanday zararni (shu jumladan, ma’naviy zararni) ish beruvchi, basharti ushbu Kodeksda boshqacha holat nazarda tutilmagan bo`lsa, to`liq hajmda to`lashi, 188-moddasida xodim mehnat qilish imkoniyatidan g‘ayriqonuniy ravishda mahrum etilgan barcha hollarda ololmay qolgan ish haqini ish beruvchi unga to‘lashi shartligi belgilangan.
Yuqoridagilarga asosan, tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro S.K.ning manfaatida fuqarolik ishlari bo’yicha Beruniy tumanlararo sudiga da’vo ariza kititilishi natijasida sudning 18.05.2023-yildagi hal qiluv qarori bilan xodimning ish stavkasi tiklanib, uning foydasiga 15 500 529 (o`n besh million besh yuz ming besh yuz yigirma to`qqiz) so`m ish haqlari va manaviy zarar uchun 3 000 000 (uch million) so`m pul mablag`lari undirilishi belgilandi.

V.Turaniyazov,
Beruniy tumani adliya bo`limi
Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo`llash
amaliyotini o`rganish bo`limi yetakchi maslahatchisi
3-darajali yurist