Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Markazning asosiy vazifalardan biri davlat organi va tashkilotlar tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlar loyihalarida korrupsiyaviy omillarni bartaraf etishga ko’maklashish sohasida


Malumki , O‘zbekiston Respublikasi Pezidentining 2021-yil 29-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5168 sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-oktabrdan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzurida yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarini (keyingi o‘rinlarda — Markazlar) respublikaning barcha tuman (shahar)larida tashkil etildi.
Markazning funksiya va vazifalari belgilandi. Markazning asosiy vazifalaridan biri davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning loyihalaridagi korrupsiyaviy omillarni bartaraf etishga ko‘maklashish belgilangan.
Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning loyihalaridagi korrupsiyaviy omillarni bartaraf etishga ko‘maklashish sohasida quyidagicha belgilangan.
- yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan ichki idoraviy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi yoki ishlab chiqilishida ishtirok etadi;
- yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va ichki idoraviy hujjatlarda aniqlangan korrupsiyaviy normalarni bartaraf qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
- ishlab chiqiladigan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga mosligi, maqbulligi va dolzarbligi nuqtai nazardan baholaydi va xulosalar beradi;
- yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholaydi va ularning natijalari bo‘yicha aniqlangan xavf-xatarlarni kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlar rejalari ishlab chiqilishida ishtirok etadi;
- yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar xodimlari tomonidan korrupsiyaviy xavf-xatarlar va huquqbuzarliklar haqida kelib tushadigan murojaatlarni tahlil qiladi;
- zaruratga ko‘ra yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar xodimlariga nisbatan o‘tkaziladigan xizmat tekshiruvlarida qatnashadi, korrupsiya faktlari yuzasidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvlari natijalari haqidagi ma’lumotlarni tahlil qiladi;
- yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar xodimlariga korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha tushuntirish va tavsiyalar beradi;
- yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar faoliyatidagi korrupsiyaviy holatlarni va xavf-xatarlarni aniqlash maqsadida aholi va xodimlar orasida so‘rovlar o‘tkazadi;
- korrupsiyaga qarshi kurashishga oid talab va normalarning buzilishi masalalari bo‘yicha intizomiy javobgarlikka tortilayotgan shaxslarga jazo choralarining mutanosibligi va yetarliligini nazorat qiladi;
- davlat organlari tomonidan dam olish va bayram kunlari yig‘ilishlarni o‘tkazish amaliyotini bekor qilish, aholi bilan bevosita ishlovchi xodimlarni yig‘ilishlarga taklif qilish va ularga xos bo‘lmagan vazifalarni yuklash yoki tashqi ishlarga jalb etishni (xizmat ko‘rsatish maqsadlaridan tashqari) taqiqlash choralarini ko‘rish belgilangan.
Shuningdek, markazlar qonunchilik hujjatlarga va O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrug‘iga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.

Taxiatosh tumani Adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i O.Babanov