Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

1-iyun – “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”


Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyo bolalari uchun eng beg`ubor va quvonchli bayram hisoblanadi. Sababi bola – bu dunyo, bu hayot mazmunining ajralmas qismidir. Bolalar o`z tabassumlari orqali insonlar qalbida hayotga, yashashga bo`lgan qiziqishni uyg`otadilar.
Inson huquqlari - bola huquqlaridan boshlanadi. Mamkakatimizda bolalarga, ularning qiziqishlari, huquq va manfaatlariga alohida e’tibor qaratiladi. “Bola huquqlari” to`g`risidagi konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi, “Bola huquqlarining kafolatlari” to`g`risidagi qonunning qabul qilinishi, Bolalar ombudsmani institutining ta’sis etilishi buning yaqqol namunasi sifatida e’tirof etish mumkin.
Shu o`rinda 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni tarixi haqida qisqacha maʼlumot berib o`tsak, “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” 1925-yilda Jenevada bolalar farovonligi boʻyicha butunjahon konferensiyasida eʼlon qilingan. Shundan buyon, jahonning koʻplab mamlakatlarida 1-iyun kuni nishonlanadi. Lekin, “Bolalar kuni” 1857-yil iyun oyining ikkinchi yakshanbasida AQSHning Massachusets shtati, Chelsi shahridagi Universalist cherkovi pastori, doktor Charlz Leonard tomonidan boshlab berilgan boʻlib, bu kun “atirgul kuni” deb ataladi, keyinchalik esa, “bolalar” kuni deb nomlana boshlangan.
1-iyun – Xalqaro bolalar himoya qilish kuni dunyoning 50 ga yaqin mamlakatlarida nishonlansa ham, boshqa koʻplab davlatlarda har yili 20-noyabr kuni “Xalqaro bolalar kuni” sifatida birdek nishonlanadi. 1959-yil 20-noyabrda “Bola huquqlari deklaratsiyasi” 1989-yil 20-noyabrda “Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya” Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qabul qilindi hamda bu kabi muhim xalqaro hujjatlarning qabul qilinishi jahonning keng jamoatchiligi tomonidan iliq kutib olindi.
Xulosa qilib aytganda, “Bolalarni himoya qilish kuni” bayramining maqsadi keng jamoatchilik diqqatini bolalarning muammolariga, ularning huquqlarini himoya qilishga, himoyalangan dunyoda yashash imkoniyatlariga, baxtli bolalikka ega boʻlishlariga va oʻz mamlakatining toʻla-toʻkis va xotirjam fuqarosi boʻlib oʻsishlariga qaratishdir.

Beruniy tumani adliya bo`limi
inson huquqlarini himoya qilish
va huquqni qo`llash amaliyotini
o`rganish bo`linmasi bosh maslahatchsisi,
3-darajali yurist Sh.K.Ismailov