Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Oila-turmush munosabatlari bilan bog'liq jinoyatlar


O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasida «Ota-onalar va ularning o'rnini bosuvchi shaxslar o'z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, ta'lim olishi, sog'lom, to'laqonli va har tomonlama kamol topishi xususida g'amxo'rlik qilishga majburdirlar» va 78-moddasida esa «Farzandlar ota-onalarining nasl-nasabi va fuqarolik holatidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar. Onalik, otalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi», deb kafolatlangan.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev aytganidek, bugin aholi, ayniqsa, yoshlarimizga zamonoviy ta'lim-tarbiya bilan birgalikda, qon-qonimizga singgan muqaddas dinimizning mohiyatini to'g'ri tushuntirib berishimiz, ularni ezgu g'oyalar ruhida tarbiyalash xaqida jiddiy o'ylashimiz lozim.
Har qanday jamiyat taraqkiyoti sog'lom oila muhitiga bog'liqdir. Sog'lom oilada farzand har tomonlama barkomal bo'lib yetishadi. Shuningdek, ruhan nosog'lom oila muhitida tarbiya topayotgan bolalari oiladagi doimiy ziddiyatlardan bezib ketib, ko'pincha ko'chaga chiqib ketadi. Ko'chada yurgan bolalarning ko'pchiligi jinoyat ishtirokchilari bo'lib qolmoqda. Nosog'lom oila muhitida yashaydigan shaxslarda jinoyatga moyillik darajasi ko'proq bo'lib, bunday holat ularning ruhiyatidagi buzilishlar sababli yuz beradi.
Hozirgi rivojlanib borayotgan zamonda oila turmush doirasidagi jinoyatlar ya'ni, oiladagi zo'ravonlik, voyaga yetmaganlarning nazoratsiz qoldirilishi va ularga nisbatan jinsiy jinoyatlarning sodir etilish holatlari ko'plab uchramoqda.
Oiladagi jinoyatlar deganda oilada uning bir a'zosi boshqa a'zolarga qarshi sodir etuvchi jinoyatlar tushuniladi. Bunda er-xotin o'rtasidagi munosabatlar yuridik jihatdan qonuniylashtirilgan yoki qonuniylashtirilmaganligi ahamiyatga ega emas.
Oilada har xil (g'arazgo'ylik, jinsiy va boshqa) jinoyatlar sodir etiladi. Biroq ularning orasida bir oila a'zosi boshqa oila a'zosiga nisbatan zo'rlik ishlatib sodir etadigan jinoyatlar, shu jumladan farzandkushlik hamda bolalarga qarshi boshqa jinoyatlar ko'pchilikni tashkil etadi.
Oilada zo'rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlar – olamshumul ijtimoiy muammo. Сhet elda oilaviy munosabatlar kriminologiyasining bu yo'nalishi ko'pincha «uydagi zo'ravonlik» («oiladagi zo'ravonlik») deb ataladi. Bu muammoning olamshumulligi shu bilan belgilanadiki, turli mamlakatlarda zo'rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlarning aksariyat qismi aynan oilada sodir etiladi. Oila doirasida jinoyatlar ko'pincha er (xotin) tomonidan xotinga (erga) nisbatan sodir etiladi.
Oila turmush munosabatlari doirasida sodir etiladigan jinoyatlardan jabrlanishlarning oldini olish uchun nikoh tuzish va oila qurish jarayonini jamotchilikning qat'iy nazoratiga olish ham katta samara beradi. Soxta tibbiy ma'lumotnomalar olish, sovchilarning, mahalla faollarinnig befarqlik pozitsiyasi ko'pchilik oila turmush munosabatlaridagi fojialar va jinoyatlarga sabab bo'lmoqda.
Oila turmush munosabatlari doirasidagi jinoyatlarning kelib chiqishi bilan birgalikda uzoq davom etishiga, qayta qayta takror sodir etilishiga, shuningdek ko'p hollarda latent bo'lib qolishiga jabrlanuvchilarning o'zlari sabab bo'ladidar. Сhunki jinoyatchi jazo muqarrarligini his etmaydi va jinoiy qilmishlarini davom ettiraberadi. Jabrlanuvchilarning bunday hulq-atvori va o'zini tutishiga ko'plab ta'sir etuvchi omilalr mavjud: or-nomus, sharm-hayo, bolalarini kelajagini o'ylab, ularni otasiz qoldirishning oqibatlarini o'ylab xech kimga shikoyat qilmaslik, jamiyat oldida uyatqa qolishdan qo'rqish, ushbu harakatlarning jinoyat ekanligini anglamaslik, ya'ni huquqiy ongning yetishmasligi va hakozo.
Xulosa o'rnida shuni aytish joizki jinoyatlar asosan fuqarolar ishsizligi, huquqiy madaniyatning yo'qligidan kelib chiqadi, shu sababli fuqarolar o'rtasida huquqiy madaniyatni rivojlantirish, joylarda notinch oilalar bilan yaratirish komissiyalarining ishlarini jonlantirish, huquqbuzarlik sodir etishi mumkin bo'lgan fuqarolar bilan alohida suxbatlashish orqali oila turmush doirasidagi jinoyatlarni oldini olish mumkin.
Shuningdek oila turmush munosabatlari doirasidagi jinoyatlarning jabrlanuvchilarini himoya qilishning noyuridik vositalaridan, ya'ni psixolog, psixiatr, pedagog va boshqa mutaxasis tibbiyot xodimlari yordamidan foydalanishni keng yo'lga qo'yishlari lozim.

Taxiуatosh tumani FHDY bo`limi mudirasi V. X. Fayzullayeva