Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Nogironligi bo'lgan shaxslar qanday huquqlarga ega?


Bugungi kunda mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ko’plab imkoniyatlar yaratilgan. Xususan, oliy ta’lim muassasasiga o’qishga qabul qilishda davlat granti asosida qo‘shimcha qabul kvotasi ajratilgan. Undan tashqari, nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun ajratilgan to‘xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun haq olinmaydi. I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga DXM va (yoki) YaIDXP orqali xizmat ko‘rsatishda 50 foiz miqdorida chegirma qo‘llaniladi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar jamoat birlashmalari ramzlarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish uchun davlat boji undirilmaydi. Nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalar, 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga nafaqa tayinlashda davlat xizmatlari bepul ko‘rsatiladi.
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning bolalarini davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilishda imtiyozli ro‘yxatga kiritilgan. Tegishli tibbiy xulosa asosida muhtoj shaxslarga protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari beriladi.Shuningdaek, nogironligi bo‘lgan shaxslar sanatoriy-kurortda bepul sog‘lomlashtirish huquqiga ega.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar ayrim mahsulotlar bilan bepul ta’minlanadi. I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi. Mehmonxonalarda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun alohida sharoitga ega xona tashkil etiladi.
Oxirgi yillar davomida mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarga bo’lgan e’tibor kuchayib, ularning jamiyatda o’z o’rnini topishlarida davlatimiz doimiy g’amxorlik qilib kelmoqda.

Ellikqal’a tumani adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti S.Nurmaxashev