Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Mehnat sohasida imkoniyati cheklangan shaxslarga qoʼllaniladigan kafolat va imtiyozlar


Taʼkidlab oʼtish joizki , Oʼzbekiston Respublikasi qonunchiligida mehnat sohasida imkoniyati cheklangan ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni ijtimoiy jihatdan qoʼllab-quvvatlashga qaratilgan bir qator imtiyozlar belgilangan.
Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 96-moddasiga koʼra aholining imkoniyati cheklangan ehtiyojmand toiflariga ishga joylashtirishda borasida kafolatla nazarda tutilgan.
Shuningdek, qonunchilikda ushbu toifadagi shaxslarga boshqada kafolatlar ham nazarda tutilishi belgilangan.
Muhim jihatlardan biri, Oʼzbekiston Respublikasining yangi Mehnat kodeksining 228-moddasi talabiga koʼra, xodimlarga har yilgi mehnat taʼtili navbatiga qarab berilishi qatiy belgilab qoʼyilgan.
Biroq ushbu modda huquqiy normasida imkoniyatlari cheklangan birinchi va ikkinchi guruh nogironlari boʼlgan shaxslarga har yilgi mehnat taʼtillari ularning xohishiga qarab ularga qulay boʼlgan davrlarda berilishi ham imtiyoz sifatida belgilangan.
Shu asnoda, Oʼzbekiston Respublikasining yangi Mehnat kodeksining 227-moddasi talabiga koʼra,birinchi ish yili xodimga mehnat taʼtili uzliksiz ishlagan 6 oydan keyin berilishi belgilangan.
Аmmo,ushbu modda normasida 1 va 2 guruh nogironligi boʼlgan imkoniyati cheklangan shaxslarning iltimosiga koʼra har yilgi mehnat taʼtillari olti oy oʼtguniga qadar ham berilishi belgilab qoʼyilgan.
Bundan tashqari, Oʼzbekiston Respublikasining yangi Mehnat kodeksining 218-moddasi talabiga koʼra,imkoniyati cheklangan birinchi va ikkinchi guruh nogironlariga har yili 30 kalendar kundan kam boʼlmagan taʼtil berilishi belgilangan.
Shu bilan bir qatorda, Oʼzbekiston Respublikasining yangi Mehnat kodeksining 183-moddasi talabiga koʼra,imkoniyati cheklangan shaxslarga majburiy tartibda ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanishi ham koʼrsatilgan.
Bundan tashqari, Mehnat kodeksining 96-moddasida imkoniyati cheklangan ijtimoiy ehtiyojmand shaxslarni ishga joylashtirishda ham qoʼshimcha kafolatlar belgilangan.
Shuningdek, Mehnat kodeksining 167-moddasiga koʼra, imkoniyati cheklangan nogironligi boʼlgan ayrim toifadagi shaxslarga texnologiyaning,ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi shtatlar qisqarishi munosabati bilan ishda qolish uchun afzaliklar berilgan.
Shu bilan bir qatorda, Mehnat kodeksining 242-moddasiga asosan imkoniyati cheklangan birinchi va ikkinchi guruh nogironligi boʼlgan shaxslarning xohishiga koʼra har yili oʼn toʼrt kalendarь kunga qadar ish haqi saqlanmagan holda taʼtil beriladi.
Xulosa oʼrnida aytganda, mehnat qonunchiligi sohasida koʼrilayotgan chora tadbirlarhuquqiy va boshqa mexanizmlar orqali imkoniyati cheklangan shaxslarga ularning barcha xodimlar qatori mehnat qilish sohasida zarur shart sharoitlar va keng imkoniyatlar yaratib berishga qaratilayotganligi bilan ham katta ahamiyat kasb etadi.

Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi
bosh yuriskonsulti N.Аbduraxmanova