Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

RAQAMLI XIZMATLAR QAMROVI VA SIFATI OSHIRILMOQDA


Joriy yilning 24-may kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifati oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-162-sonli qarori qabul qilindi.
Qarorni qabul qilishdan maqsad aholi va tadbirkorlik subyektlariga raqamli xizmatlardan foydalanish uchun qulay sharoitlar yaratish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, byurokratik tartibotlarni qisqartirish, shuningdek, davlat boshqaruvi, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini hamda hududlarni raqamli transformatsiya qilishdan iborat.
Qaror bilan quyidagilar belgilanmoqda:
- 2023-yil 1-avgustdan boshlab yoshlarga kompyuter xaridlari uchun ajratiladigan mablag’lar hisobidan mikroqarz shaklida “Yoshlar daftari” va Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligi jamg’armalari hisobidan beriladigan subsidiya mablag’larini ijtimoiy kontrakt asosida yoshlar xohishiga ko’ra alohida ochilgan bank kartasiga (naqdlashtirish imkoniyatisiz) o’tkazishga ruxsat beriladi.
- 2023-yil 1-oktabrdan boshlab B2 va undan yuqori xorijiy til bilish darajasiga ega bo’lgan fuqarolar tomonidan tizim boshqaruvi, ma’lumotlar bazasi va “bulutli” platformani boshqarish, axborot xavfsizligini ta’minlash va boshqa talab yuqori bo’lgan yo’nalishlarda xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarining 100 foiz qismini qoplash tizimi joriy etiladi.
- “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasida raqamli shaklda taqdim etilishi orqali 2023-yil 1-dekabrdan boshlab aholi va tadbirkorlik subyektlaridan 47 turdagi ma’lumotlar talab qilish bekor qilinadi.
Shuningdek, qaror bilan aholi va tadbirkorlik subyektlariga xizmatlardan foydalanish holati bo’yicha yuboriladigan eslatma va xabarnomalar ro’yxati tasdiqlanmoqda.


To’rtko’l tuman adliya bo’limi
yetakchi maslahatchisi N.Saparboyev