Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

O'zgalar parvarishiga muhtoj yolg'iz keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslar uchun qanday imtiyozlar bor?


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Keksalarni e’zozlash yili» Davlat dasturi to'g'risida»gi 2015-yil 18-fevraldagi PQ-2302-sonli qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslarni manzilli ijtimoiy himoya qilish va qo'llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish maqsadida 2015-yil
10-avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslarni manzilli ijtimoiy himoya qilish va qo'llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi VM-237-sonli qarori qilindi.
Ushbu qaror bilan o'rnatilgan tartibga muvofiq 2016-yil 1-yanvardan boshlab o'zgalar parvarishiga muhtoj bo'lgan yolg'iz yashayotgan hamda yolg'iz keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam ko'rsatish yakka tartibda shakllantiriladigan ijtimoiy xizmatlar dasturi asosida amalga oshirilishi belgilandi.
Bunda yolg'iz keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslarga o'zgalar parvarishiga muhtoj bo'lgan pensiya yoshidagi hamda I va II guruh nogironligi bo'lgan quyidagi shaxslar kiradi:
farzandlari, eri (xotini) va ota-onasi bo'lmagan;
vasiylari, homiylari va sud tomonidan keksani yoki nogironligi bo'lgan shaxsni parvarish qilish majburiyati zimmasiga yuklangan shaxslari bo'lmagan.
Dasturni amalga oshirish tartibi qarorning 2-ilovasi bilan tasdiqlangan «Keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam ko'rsatish, shuningdek ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturini shakllantirish va amalga oshirish tartibi to'g'risida»gi nizom bilan tartibga solinadi.
«Keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam ko'rsatish tartibi to'g'risida»gi nizomga, hamda «O'zgalar parvarishiga muhtoj bo'lgan yolg'iz keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslarni asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va gigiena tovarlari bilan bepul ta'minlash tartibi to'g'risida»gi nizomga muvofiq
O'zgalar parvarishiga muhtoj yolg'iz keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslar qaysi mahsulotlar bilan bepul ta'minlanadi?
O'zgalar parvarishiga muhtoj bo'lgan yolg'iz keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslar har oyda quyidagi oziq-ovqat mahsulotlari va gigiena tovarlari bilan bepul ta'minlanadi:
-un (oliy nav) – 3 kg;
-guruch – 1 kg;
-grechka yormasi – 0,5 kg;
-makaron mahsulotlari – 0,5 kg;
-mol go'shti (suyaksiz) – 1 kg;
-xonaki parranda go'shti – 1 kg;
-sariyog' – 0,2 kg;
-tuxum (dona) – 15 dona;
-qand-shakar – 1 kg;
-kungaboqar yog'i – 1 litr;
-ko'k yoki qora choy – 0,2 kg;
-atirsovun – 0,1 kg;
-kirsovun (65%) – 0,2 kg;
-kir yuvish poroshogi – 0,15 kg;
-katta yoshdagilar uchun taglik gazmol – 8 dona;
-karantin davrida qo'shimcha:
-bir marta ishlatiladigan steril niqob – 10 dona;
-bir marta ishlatiladigan steril qo'lqoplar – 10 dona;
-suyuq yoki gel holidagi antiseptik – 250 ml;
-antibakterial sovun – 0,1 kg.
Mazkur mahsulotlarni olish uchun fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlariga murojaat etiladi.
Oziq-ovqat mahsulotlari va tovarlarni etkazib berish uyda parvarish qilish bo'yicha ijtimoiy xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.


Bo'zatov tumani aldiya bo'limi
Yuridik xizmat ko'rsatish
markazi boshlig'i R.M.Dushanov