Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Konstitutsiyaviy islohotlar: yangilanayotgan Konstitutsiyada murojaat etish huquqiy institutining jadallashtirilishi.


40-modda. Har bir shaxs bevosita o'zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega. Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko'rib chiqilishi shart.
O'zbekiston Respublikasida har bir shaxsning davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga murojaat qilish huquqi konstitutsiyaviy norma asosida shakllandi. Konstitutsiyada shaxslarning ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish turlari mustahkamlab qo'yildi. O'z navbatida, har bir shaxs ushbu konstitutsiyaviy huquqini bevosita o'zi va boshqalar bilan birgalikda amalga oshirishlari mumkin. Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko'rib chiqilishi shart.
Mustaqillik yillarida Konstitutsiyada mustahkamlangan shaxslarning murojaat qilish huquqi “Fuqarolarning murojaatlari to'g'risida”gi, “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to'g'risida”gi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi kabi qonunlar orqali amalga oshirildi.
Xususan, 2017-yil 11-sentyabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi Qonunida fuqarolarning murojaat qilish huquqini amalga oshirishlarining tartibi keng yoritib berilgan. Shuningdek, aholining davlat organlari munosabatga kirishlarining huquqiy tartibi ushbu qonun bilan tartibga solingan bo'lib, ko'zda tutilgan qoidalar barcha davlat organlari, davlat ishtirokidagi tashkilotlarga va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari uchun birdek amal qiladi.
Ushbu Qonun davlat organlari va davlat muassasalariga, shuningdek ularning mansabdor shaxslariga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi.
Qonunga muvofiq, bugungi kunda shaxslarning murojaatlari qonuniylik, o'z vaqtida va to'liq ko'rib chiqish, murojaatlarga nisbatan talablarning bir xilligi, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi, murojaatlarni ko'rib chiqishda byurokratizm va sansalorlikka yo'l qo'yilmasligi, murojaatlarni ko'rib chiqishda davlat organlari, tashkilotlar va ular mansabdor shaxslari faoliyatining shaffofligi tamoyillari asosida amalga oshirilmoqda.


Muynoq tumani adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish
markazi boshlig'i M.Koluzanov