Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Qo`ng`irot tumani 1-sonli FHDY bo`limi faoliyati haqida


Ota-onaning birinchi navbatdagi vazifasi bu farzandining tug`ilganligini o`z vaqtida ro`yxatga olish bo`lsa, keying masala to`g`ri tarbiya berishi, komil inson qilib tarbiyalash bo`lib hisoblanadi. Har bir harakatimiz zamirida farzandlarimizni baxtu-iqboli, farovon kelajagi maqsad qilib qo`yilgan. Farzand oilada ulg`ayadi, kamol topadi. Oila esa vatan ichra bir mo`jiza. Prezidentimiz ta`kidlaganidek “Avlodlar davomiyligini ta`minlaydigan ma`naviy qo`rg`on bu albatta oiladir. Oila muqaddas qo`rg`on. Oilaning poydevori qanchalik mustahkam bo`lsa, tug`ilajak farzadlar ham ma`nan va ruhan sog`lom kamol topadi. Shu bois ham hamma e`zgu amallar oilani mustahkamlash va yosh avlodning yorug` kelajagini ta`minlash maqsadida amalga oshirilmoqta.
Tug`ilganlik bilan bog`liq holatlar yuzasidan Qo`ng`irot tumani 1-sonli FHDY bo`limi tomonidan 2023-yil I chorak bo`yicha 666 ta tug`ilganlik haqida dalolatnoma yozuvi qayd qilingan bo`lsa, shundan 35 tasi otalikni belgilash orqali dalolatnoma yozuvi qayd qilingan va 15 tasi yolg`iz ona arizasi asosida guvohnoma rasmiylashtirilib berilgan. Shu jumladan 233 ta o`lim haqida dalolatnoma yozuvi qayd qilingan bo`lsa, shundan 52 ta sud qarori bilan va 21 tasi muddatni o`tkazib dalolatnoma yozuvi qayd qilindi.

Qo`ng`irot tumani 1-sonli
FHDY bo`limi 2-toifali inspektori
Allashukirova Ayımjan Kamiljanovna