Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida tibbiy xizmatdan foydalanish sohasida islohatlar


Har bir mamlakatda sifatli tibbiyot tizimi mavjudligi aholi salomatligi uchun juda muhim. Shuningdek, fuqarolar zarur paytlarda siftli tibbiy xizmat uchun davlatga suyana olishi alihida ahamiyatga ega.
Mamlakatizmizda 2023-yil 30-aprel kuni o`tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolar davlat hisobidan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini olishga haqli ekanligi kafolatlangan.
Xususan, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 48-moddasida “har kim sog`lig`ini saqlash va malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega” deb, belgilab qo`yildi.
Bu xalqimiz uchun juda muhim bo`lgan ijtimoy kafolatlardan biridir.
Chunki aholining ayrim qatlamlari pulli asosda yoki xususiy shifoxonalar xizmatidan foydalanishga imkoniyati yetmasligi mumkin. Ushbu vaziyatda davlat o`z fuqarosini kafolatlangan tibbiy xizmat bilan ta’minlash majburyatini o`z zimmasiga olishini nazarda tutmoqda.


Beruniy tumani adliya bo`limi
inson huquqlarini himoya qilish va
huquqni qo`llash amaliyaotini o`rganish bo`limi
yetakchi maslahatchisi Vaxobjon Turaniyazov